Docsity
Docsity

Prepare for your exams
Prepare for your exams

Study with the several resources on Docsity


Earn points to download
Earn points to download

Earn points by helping other students or get them with a premium plan


Guidelines and tips
Guidelines and tips

Biological Treatment of Industrial Wastewater Using Aquatic Plants, Cheat Sheet of Law

The use of high-water plants to treat industrial wastewater, particularly from textile and other manufacturing facilities. It covers the stages and processes of wastewater treatment using aquatic plants, the benefits of this method, and the results of studies on the effectiveness of using plants like duckweed and water hyacinth to remove pollutants. The document highlights the advantages of this biological treatment approach and its potential for widespread application in industrial and municipal wastewater management in Uzbekistan.

Typology: Cheat Sheet

2023/2024

Uploaded on 05/10/2024

anvar-xurramov
anvar-xurramov 🇺🇿

1 document

1 / 130

Toggle sidebar

Related documents


Partial preview of the text

Download Biological Treatment of Industrial Wastewater Using Aquatic Plants and more Cheat Sheet Law in PDF only on Docsity!

YO. Q. HAYITOV

ISHLAB CHIQARISH KORXONALARI

OQAVA SUVLARINI TOZALASH

BIOTEXNOLOGIYASI

Oquv qollanma

ISBN 978- 9943 - 7700 - 2 - 7

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI

Yo. Q. HAYITOV

ISHLAB CHIQARISH KORXONALARI OQAVA SUVLARINI TOZALASH BIOTEXNOLOGIYASI O‘QUV QO‘LLANMA “Durdona” nashriyoti Buxoro – 2021

UO'K 631.8(076.5)

40.40ya H 88 Ishlab chiqarish korxonalari oqava suvlarini tozalash biotexnologiyasi [Matn] : o’quv qo’llanma / Yo.Q. Hayitov. - Buxoro : "Sadriddin Salim Buxoriy" Durdona nashriyoti, 2021. - 128 b. KBK 40.40ya Ushbu o‘quv qo‘llanma 5630100 – ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun ekologiya fanining bir qismi bo‘lib, ishlab chiqarish korxonalari, shu jumladan to‘qimachilik korxonalari oqava suvlarini yuksak suv o‘simliklari yordamida tozalash usullari, bosqichlari, tozalash jarayonlari va qayta foydalanish nazariyalari yoritilgan O‘quv qo‘llanma, mazkur sohada ilmiy tadqiqot ishlarini olib boruvchi biologlar, ekologlar, gidrolog, magistrlar va sohaga yaqin bo‘lgan mutaxassislari foydalanishlari mumkin. Taqrizchilar: S.B. Bo‘riyev, BuxDU professori, biologiya fanlari doktori F.O‘.Jo‘rayev, TIQXMMI BF professori, texnika fanlari doktori O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 23-noyabrdagi 500-sonli buyrug’iga asosan nashr etishga ruxsat berildi. Ro’yxatga olish raqami 500-463. ISBN 978 - 9943 - 7700 - 2 - 7

KIRISH

Biror ishga g‘ayrat bilan kirishgan kishi mashaqqat tortishidan qo‘rqmasin. Agar g‘ayrat soyasida maqsadihosil bo‘lsa, juda yaxshi, mabodo ishi yetarli darajadabo‘lmay keyinga qolib ketsa, oqillar qoshida u kishi uzrlidir. Ulug‘ maqsad yo‘lida himmati baland bo‘lgan kishi xalq ko‘nglida saqlanadi. (Husayn voiz Koshifiy) Bugungi kunda tabiiy resurslardan tejab-tergab samarali foydalanish, atrof-muhit muhofazasi, vujudga kelgan ekologik muammolarni bartaraf etish, shuningdek, ekologik madaniyatni yuksaltirish orqali jahon bozoriga yuqori sifatli, ekologik jihatdan sof, raqobatbardosh mahsulotlar yetishtirish kabi dolzarb masalalar barchaning fikr hayolini jalb etib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimovning “Jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etish yo‘llari va choralari” asarida jahon moliviy inqirozining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri hamda uning oqibatlarini oldini olish va yumshatishga asos bo‘lgan omillar to‘g‘risida fikr- mulohazalarini bildirar ekan, qat’iy tejamkorlik tizimini joriy etish masalasini ustivor vazifa sifatida ilgari surgan. Bu esa o‘z navbatida tabiat va uning boyliklaridan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish lozimligini anglatadi. Shu sababli eng muhim va hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan muammolardan bittasi suvni va suv havzalarini har xil ifloslanishdan himoya qilishdir. Shaharlardan, sanoat korxonalaridan,qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishdan chiqadigan oqava suvlarni tozalash usullarini yaratish va ulardan xalq xo‘jaligida foydalanish davr talabi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi paxtachilikka moslashganligi tufayli paxta tolasini qayta ishlash natijasida ko‘p miqdorda suv ishlatiladi va natijada oqava suvlar hosil bo‘ladi. Oqava suvlarning tarkibi har xil

organik, mineral va kimyoviy elementlardan iborat. To‘qimachilik korxonalaridan chiqadigan oqava suvlarni tozalash bo‘yicha ayrim olimlar tomonidan ilmiy tadqiqot ishlari qilingan. Bajarilgan ilmiy ishlar asosida oqava suvlarni industrial qurilmada (aerotenkda), ozonlash, suyultirish kabi usullar bilan bajarilgan (Postnikov, 1954; Vasilev, 1965; Voronov, Bыkova, 1965; Spivakova va boshqalar 1965;).Oqava suvlarni tozalashda mexanik, fizik, kimyoviy va biologik usullar qo‘llaniladi. Bu usullar ichida eng samaralisi va arzoni biologik usuldir. Biologik usulda oqava suvlarning tarkibidagi organik moddalar mikroorganizmlar yordamidamineral moddalarga aylanadi va karbonat angidrid gazi ajralib chiqadi.Suvning tarkibidagi mineral tuzlar va karbonat angidrid gazi o‘z navbatida suvda o‘suvchi suvo‘tlari tomonidan iste’mol qilinadi va oqava suv har xil iflosliklardan tozalanadi. Bunday usuldan to‘qimachilik korxonalaridan chiqadigan oqava suvlarni tozalashda foydalanish maqsadga muvofiqdir. Buxoro viloyatida to‘qimachilik korxonalari yaxshi rivojlangan va ulardan chiqadigan mahsulotlar davlatga katta foyda keltirmoqda. Lekin to‘qimachilik korxonalaridan chiqadigan oqava suvlar tabiatga katta ziyon yetkazmoqda va ekologik muvozanatning buzilishiga olib kelmoqda. To‘qimachilik korxonalari oqava suvlarini biologik usuldatozalashuchun bizlar yuksak suv o‘simligi pistiya (Pistia stratiotes L.) dan foydalandik. Pistiya o‘simligining oqava suvlarni tozalashdagi rolini birinchi bo‘libR.Sh. Shoyoqubov va uning shogirdlari o‘rganganlar (Xaydarova, 1991; Xasanov, 1995 va boshqalar). R. Sh. Shoyoqubov va uning kasbdoshlari ilk marotaba pistiya o‘simligi yordamida chorvachilikdan, parrandachilikdan, kanop zavodlaridan chiqadigan oqavasuvlarini tozalash biotexnologiyasini yaratdi(1982). Tajriba o‘tkazish jarayonida pistiya o‘simligining sistematikasi, biologiyasi, ekologiyasi, anatomiyasi, uni o‘stirish usullari va xalq xo‘jaligida qo‘llanilishi o‘rganilgan. To‘qimachilik korxonalaridan chiqadigan oqava suvlarini

biologik usul bilan tozalanishi yo‘llari shu paytgacha o‘rganilmagan. Shu tufayli Buxoro viloyatidagi ayrim to‘qimachilik korxonalarining oqava suvini pistiya o‘simligi yordamida tozalash biotexnologiyasini yaratishhamda ulardan ikkilamchi foydalanishga oid amaliy tavsiyalar ishlab chiqish kabilar yoritib berildi. Oquv qollanmaning birinchi bobida Buxoro viloyatining geografik o‘rni va iqlim sharoitlari baholangan va mazkur masalani o‘rganishning asosiy ilmiy natijalari ochib berilgan. Ikkinchi bobda esa yuksak suv o‘simliklarini oqava suvlarda ko‘paytirishni o‘rganilganligi, ularning turlari hamda oqava suvlarni tozalashdagi roli ekologik nuqtai-nazardan tahlil qilingan. Uchinchi va to‘rtinchi boblarda Buxoro viloyatidagi to‘qimachilik korxonalari oqava suvlarining umumiy ta’rifi, to‘qimachilik korxonalarining texnologiyasi To‘qimachilik korxonalari oqava suvlarida pistiya (Pistia stratiotes L.) ni ko‘paytirish va ularni tozalash biotexnologiyasi, Vobkent hamda Olot ip-yigiruv fabrikasi oqava suvini tozalovchi inshootlarning umumiy ta’rifi yoritib berilgan. Oquv qollanmaning nashrga tayyorlash va chop etishda o‘zlarining qimmatli maslahatlarini ayamagan biologiya fanlari doktori, professor S.B.Bo‘riev, geografiya fanlari doktori, professor F.H.Hikmatov, biologiya fanlari dotsenti M.I.G‘ulomov, geografiya fanlari nomzodi, dotsent D.P.Aytboev, biologiya fanlari nomzodlari, dotsentlar A.Xolliev, N.E.Rashidovlar va Buxoro davlat universiteti biologiya, ekologiya, tuproqshunoslik va geografiya kafedralari professor-o‘qituvtilariga hamda monografiya to‘g‘risida fikr – mulohazalarini bildirgan kitobxonlarga o‘zimning samimiy minnatdorchiligimni bildiraman.

I BOB. BUXORO VILOYATINING GEOGRAFIK O‘RNI VA

IQLIMI

Viloyat hududi O‘zbekiston Respublikasining janubi-g‘arbida Zarafshon daryosining quyi qismida, janubi-g‘arbiy Qizilqum cho‘l maskanida joylashgan. Bugungi kunda bu chegara juda muhim ma’naviy, ijtimoiy - iktisodiy, siyosiy mazmunga ega. Hozirgi kunda viloyatning yer maydoni 39,4 ming kv. km ni tashkil qiladi. Viloyat hududi to‘laligicha cho‘l zonasida joylashganligi, mahalliy sug‘orish suv manbaalariga ega emasligi, buning ustiga daryoning quyi qismida bo‘lishi o‘lka tabiatining salbiy sifatlari sanaladi. Viloyat hududining relefi bir qarashda oddiyroq ko‘rinsada, uning rivojlanish tarixi, qiyofasi parchalanganlik darajasi o‘ziga xos regional xususiyatga ega. Relefning vujudga kelishi ichki va tashqi kuchlar hamda insonning faoliyati bilan bog‘liqdir. Viloyat hududidagi eng baland joy Kuljuktog‘ tizmasi hisoblanib, mutloq balandlik 785 metrga yetadi, va relefdagi umumiy nishoblik og‘itma botig‘ini hisobga olmaganda 133 promillga teng bo‘lib, Amudaryo o‘zani tomoni yo‘nalgan. Viloyat relefini geomorfologik xususiyatlariga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratish mumkin.

  1. Past tog‘lar, platolar kiradi va ularni halqasimon o‘rab turgan nishob yuzalar. Bunga tekisliklar orasida orolsimon bo‘rtib turgan Kuljuktog‘, Ko‘kchatog‘, Tuzkoytitog‘i, Jarkon, Saritoshkabi, platolar kiradi va relefning eng baland zinapoya hisoblanadi.
  2. Tekis yuzali platolar va qirlar Qorako‘l, Dengizko‘l, Ichbosh, Qoraqir kabilar shular jumlasidandir. Bu guruhga Dengizko‘l etagida joylashgan Somontepa, Choshtepa kabi erozion past tog‘larni ham kiritish mumkin.
  3. Daryo yotqiziqlari bilan qoplangan va shamollar faoliyati tufayli to‘ziganakkumlyativ tekislikdir. Bular viloyat hududini asosiy maydonini egallaydi va yassi to‘lqinli tekisliklarni tashkil etadi. Ular orasida qumli maydonlar alohida ajralib turadi. Viloyat hududi cho‘l zonasida joylashganligi tufayli doimiy

oqadigan suv manbalariga ega emas. Buxoro viloyatining suvga bo‘lgan talabi azaldan tog‘li yerlar hisobidan to‘yinadigan Zarafshon daryosi hisobidan qondiriladi. Daryoning yuqori qismida suvga bo‘lgan talabning oshganligi sababli viloyat hududiga keladigan Zarafshon suvining ulushi yillar davomida kamayib keldi. Karmana tog‘ oralig‘i yo‘lagida uning o‘rtacha yillik suv sarfi 1960-yillargacha 100-120m^3 /s ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatgich 1960 yillarning boshlarida 70m^3 /sga tushdi. Hozirgi kunda daryo suvi Navoiy viloyati hududida butunlay tugaydi. Zarafshonning Buxoro vohasidan o‘tadigan qismi Markaziy Buxoro zovuri deb,nomlanib qaytarma-oqava suvlarni tashish uchun xizmat qiladi. Ma’lumki, Buxoro viloyatidagi sug‘orma yerlar uchta maskanda Buxoro, Qorako‘l va Qorovulbozor vohalarida mujassamdir. Bu yerdagi obikor yerlarni meliorativ holatini yaxshilash maqsadida zovurlar sistemasi yaratilgan. Bularning aksariyati ochiq zovurlardir. Har yili 0,5km^3 hajmdagi qaytarma-oqava suvlar voha tashqarasiga chiqariladi. Bu suvlarning kichik qismi Katta-Tuzkon ko‘li, Parsanko‘l zovuri orqali Amudaryo o‘zaniga quyiladi. Qolgan qismi esa Dengizko‘l, Qoraqir, Og‘itma kabi botiqlarga-tashlama ko‘llarga tushadi. Viloyat zaminidagi qatlamlararo yer osti suvlari ham amaliy ahamiyatga ega. Ular odatda turli darajada sho‘rlangan, bosimli, ba’zi qatlamlarda iliq va minerallashgan. Mineral, suvlar yuqori bo‘r davrining qum va qumtosh qatlamlarida mujassam. Zarafshon daryosi orqali keladigan oqava va zovur suvlari, unda erigan tuz - kimyoviy ashyolar viloyat hududiga oqib kiradi va ularining aksariyat qismi shu zaminga to‘planib qolmokda. Bu hol yurtdagi ekologik vaziyatni borgan sari keskinlashtirishga sabab bo‘lmoqda (Nazarov, Allayorov, 1994). Viloyat iqlimi bir necha omillarning o‘zaro hamkorligi ta’sirida vujudga keladi. Lekin o‘lka xududining geografik o‘rni bu borada yetakchi ahamiyatga egadir. Agar O‘rta Osiyo o‘lkasini Yevroosiyo materigining ichki qismida joylashganligini ko‘z oldimizga keltirsak, Buxoro viloyati xududi esa O‘rta Osiyo cho‘llarining salkam

o‘rtasidan o‘rin olgan bo‘lib, janubiy (subtropik) cho‘llariga xos iqlimiy xususiyatlariga ega. Viloyat hududi uchun subtropik belgilarga xos bo‘lgan keskin kontinental cho‘l iqlimi xarakterlidir. Kecha bilan kunduz, qish bilan yoz haroratlari o‘rtasidagi keskinlik, nisbatan sernam, injiqli bahor, uzoq, quruq, jazirama issiq, o‘ta yorug‘ yoz, qisqa va turg‘unsiz kuz iliq,qishda ayozli, muqim bo‘lmagan qish viloyat iqlimining asosiy belgilaridan biridir. Viloyat serquyosh o‘lkalardan biri hisoblanadi. Yil davomida quyoshli damlar 2800 - 3000 soatga yetadi. Quyoshdan kelayotgan radiatsiyaning yalpi miqdori 150 - 160 kkalga teng. Foydali haroratning, ya’ni o‘rtacha kundalik musbat 10 darajadan ortiq bo‘lgan haroratning yillik yig‘indisi 4800-5100 darajaga yetib boradi. Bu hol o‘ta issiqsevar madaniy o‘simliklar yetishtirish imkoniyatini yaratadi. Viloyatda eng sovuq muddat yanvar, eng issiq esa iyul oylaridir. O‘rtacha yillik harorat Buxoroda 14.2, Qoraqo‘lda 15. darajaga teng. Ammo havo haroratining yil davomida o‘zgarishidagi farq (amplituda) juda katta - 680 S - 720 S darajani tashkil qiladi. Viloyat hududida tabiiy namlik yetarli emas. Atmosfera yog‘inlarining yillik miqdori 90 - 150 mm ni tashkil qiladi. Yer betidan mumkin bo‘lgan parlanish esa 2000 mm gacha yetadi. Bu jihatdan Buxoro hududi o‘ta qurg‘oqchil (arid) zonaga mansubdir. Yog‘inlar aksariyat yomg‘ir tarzida namoyon bo‘ladi. Qor qoplami surunkali va qalin bo‘lmay, uzoq saqlanmaydi. Yog‘inlarning yil davomida taqsimlanishi nixoyatda notekisdir. Bahor nisbatan eng sernam fasl bo‘lib, yillik yog‘inning 45 - 55 foizi shu muddatga to‘g‘ri keladi. Yoz o‘ta quruq, havoning nisbiy namligi juda pasayadi, iyul - avgust oylarining ba’zi kunlarida bu ko‘rsatkich 10-20 foizga kamayadi. Viloyat hududida kecha-kunduz o‘rtasidagi haroratning keskin bo‘lishi tufayli bahorda, kuz fasllarida shudring qirov, namreza kabi tabiiy hodisalar sodir bo‘lib turadi. Viloyat iqlimida mahalliy shamollarning alohida o‘ringa ega hisoblanadi. Shamolning ta’siri aynan cho‘l zonasida kuchli namoyon bo‘ladi. Viloyat hududida shamollar aksariyat shimol tomondan esadi. Ba’zida viloyat hududida qora sovuqlar, sel va do‘l yog‘ishi, yozgi

garmsellar, chang - to‘zonli shamollar o‘ta ayozli qahraton qishlar kabi ofatli iqlimiy hodisalar ham bo‘lib turadi. Keyingi yillarda Buxoro xududida qish oylarida (yanvar) o‘rtacha haroratning sal ko‘tarilganligi (0.3 – 0,5 daraja) va o‘rtacha yillik yog‘in miqdorining birmuncha (10 - 20 mm) ortganligi kuzatilmoqda (Nazarov, Allayorov, 19 94). Umuman olganda, viloyat iqlimi resurs sifatida bebaho tabiiy boylikdir. Ayniqsa quyoshli damlarining, foydali haroratning yetarlicha bo‘lishi o‘lka iqlimining ijobiy sifatlari hisoblanadi. Viloyat hududining barcha qismida o‘simliklarni o‘stirish va ulardan yuqori hosil olish uchun barcha tabiiy ekologik sharoitlar yetarli. Nazorat savollari

**1. Hozirgi kunda viloyatning yer maydoni necha ming kv. km ni tashkil qiladi?

  1. Viloyat hududi to‘laligicha qanday zonada joylashgan? 3.Viloyat relefini geomorfologik xususiyatlariga ko‘ra qanday guruhlarga ajratish mumkin?
  2. Zarafshonning Buxoro vohasidan o‘tadigan qismi nima deb nomlanadi?
  3. Viloyat hududida shamollar aksariyat qaysi tomondan esadi?
  4. Buxoro viloyatidagi sug‘orma yerlar nechta maskanga bo‘linadi va ular qaysilar?
  5. Viloyatning geografik xususiyatlarining ijobiy tomonlariga to‘xtalib o‘ting.**

II BOB. SANOAT KORXONALARI OQAVA SUVLARNING

UMUMIY TASNIFI

Sanoat korxonalarining oqava suvlari texnologik jarayonida toza suvlarni ishlatish oqibatida paydo bo‘ladi va korxonalar kanalizatsiya orqali shahar tashqarisiga chiqariladi. Suvning tarkibiy qismi nihoyatda har xil bo‘lib, ulardagi asosiy ingridientlarning miqdorlari ham bir xil emas. Chiqindi suvning tarkibiy qismidagi moddalar organik va neorganik bo‘lishi mumkin. Korxona chiqindi suvlarningtexnik va kimyoviy xossalariga ko‘ra, ulari suv havzalariga tashlash man etiladi. Ochiq suv havzalariga bunday suvlarni tashlash uchun albatta zararsiz holatga keltirilishi shart.Chiqindi suvlar tarkibida hozirda ko‘proq sintetik, chidamli, uzoq vaqtgacha parchalanmaydigan moddalar juda ko‘pdir. Hozirgi vaqtda O‘zbestondagi 140 dan ziyod eng yirik sanoat korxonalaridan doimo chiqindi suvlar chiqadi. Korxonalarda texnik suvlar quyudagi maqsadlar uchun ishlatiladi:

  1. Turli agregatlarni qizib yoki erib ketishidan saqlashda ishlatiladi, jumladan,metallurgiya sanoatda temir-po‘lat eritishda keng ishlatiladi. Suv agregatlarni sovitish uchun berk sistemadan aylanib turadi, sistema yaxshi ishlasa, suvning tempurasi ko‘tarilishi mumkin, u boshqa xossalarga ega emas.
  2. Suv qand ishlab chiqarish sanoatidan turli moddalarni eritib olish uchun ishlatiladi. Bunday chiqindi suv tarkibi organik, erigan va qalqiydigan mayda zarralarga boy, qand erigan holda suv bilan chiqib ketadi.
  3. Ishlab chiqarish mahsulotlarini ishlash uchun reaktivlarni eritishda, metallarni sulfat va nordon kislotalarda ishlashda ishlatiladi, chiqindi suv tarkibida ko‘p miqdorda temir oksidi bo‘lib, nordon reaksiyali suvlardir. Terini ohak, oshlov moddalari bilan ishlash oqibatida suvda ko‘p miqdorda xrom, reaktiv qoldiqlari va boshqa organik modda iflosliklari mavjud.
  4. Suv to‘qimachilik fabrikalarida bo‘yalgan matolarni yuvish uchun ishlatiladi, suv tarkibida buyoq qoldiqlari va boshqa moddalari aniqlaniladi.
  1. Gaz va gassimon aralashmalari tarkibidagi moddalarni ajratib olish maqsadiga ham suv ishlatiladi. Jumladan, metallurgiya kombinatlarida domna gazi, qand ishlab chiqarishda-karbonat angidridi gazi yuviladi, ammiakni esa koks gazini yuvish bilan olinadi.
  2. Kimyoviy va spirt ishlab chiqarish zavodlarini apparatlarini yuvish uchun suv ishlatiladi.
  3. Suv konlar shroitida qattiq moddalarni ajratib olishda-ko‘mir yuvishda, boyitish fabrikalari va hokazoda keng ishlatiladi.
  4. Suvni elektrostansiyalarda kulni haydash uchun,alyuminiyni olib bo‘lingandan so‘ng loyni yuvish va boshqa jarayonlarda ishlatish mumkin. Suv texnologik jarayonlarida apparatlar, agregatlar reaktiv moddalar va boshqalar bilan yaqin kontakda bo‘lganda o‘z tarkibini, xossalarini o‘zgartirib yuboradi. Erigan moddalar, har xil ishlanadigan materiallar va suv tarkibida ketib chiqindi suvga maxsus xossa beradi, bu esa o‘z navbatida korxonalarning xarakteriga bog‘liq bo‘lib qoladi. Olimlardan S.N.Strogonovning aytishicha, sanoat korxona chiqindi suvlarida organik va niorganik birikmalar har xil holatdabirikmada qattiq va suyuq kolloit fazada uchrab turadi ammo juda ko‘p hollarda chiqindi suvlarda negadr fosfor, azot kaliy elementlari uchramaydi, bunday suv patogen mikroorganzmidan holi tozalangan (sterillangan) bo‘ladi. Har bir sanitariya vrachi, sanoat korxona chiqindi suvlarini o‘rganishni boshlar ekan, u avvalo texnologik jarayoni to‘la to‘kis o‘rganishi chiqindi suvlar tarkibida qanday zararli moddalar bo‘lishini va qanday zararli xususiyatga ega ekanligini bilishi shart shundagina uning mo‘ljallangan ish yo‘nalishi yaxshi natija berishi mumkin. Shuning uchun, suv namunalarini har 30 - 60 minutda ma’lum miqdorda butun ish smenasi, balki undan ham ko‘proq vaqtga mo‘ljallab olinishi va analiz qilinishi kerak. Shunday olingan o‘rtacha analizlari to‘g‘ri ishonchli dalillarni beradi. Sanoat korxonalari chiqindi suvlarining o‘ziga xosligi, ulardagi zaharli moddalarning borligidandir: jumladan suv tarkibida fenollar, teanidlar, marganet, mis, ftor, qo‘rg‘oshin, smob, kadmi, xrom nitro birikmalar va boshqa kimyoviy moddalarning mavjudligi va kishi organizmiga, suvning flora va faunasiga xavf tug‘diridishidandir

hattoki bir sanoat korxonasidagi chiqindi suvlarda bir necha zararli moddalarning borligi aniqlangan, chunki ishlab chiqarishning har xil bosqichlaria turli xil kimyoviy moddalarning ishlatilishi, olinishi qatnashishi mumkin. Shuning uchun ham korxona chiqindi suviga sanitariya tomonidan baho berishda umumiy zavodning birlashib chiqayotgan chiqindi suviga emas balki har bir sexda paydo bo‘ladigan chiqindi suvlar tekshirilib laboratoriya analizi o‘tkazilib, undagi ingridientlarga qarab baho berilishi kerak. Shu yo‘llar, usullar bilan ularni zararsiz holatga keltirish mumkin. Sanoat korxonalarining chiqindi suvlari suv havzalariga, undagi jonivorla, odam organizmiga juda kuchli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ba’zi bir korxonalar-go‘sht ishlab chiqarish, teri ishlash, qand, gidroliz va boshqa zavodlar chiqindi suvlarning tarkibi organik moddalarga boy bo‘lib, ular asosan o‘simlik va hayvonot dunyosidagi organik moddalardir, ularni tarkibida qalqib yuruvchi mayda zarralar va suv tarkibida cho‘kib ikkilamchi ifloslantiruvchi omillarga aylanadi. Boshqa sanoat korxonalarning chiqindi suvlarining tarkibida juda ko‘p miqdorda mineral tipida qalqiydigan moddalar bo‘lib, ular cho‘kib suv havzalarini sayozlanishiga olib boradi, keyinchalik botqoqlar paydo qilib, daryo tagidagi yashaydigan jonivorlarning qirilishiga olib keladi. To‘qimachilik kombinatlari, metal ishlash zavodlari va kimyo korxonalardan chiqin suv tarkibida ko‘p miqdorda zaxarli moddalar bo‘ladi, ular suvdagi tirik organizmlar va aholi uchun o‘ta zaharlidir. Sanoat korxonalaring chiqindi suvlar ta’sirida suvning rangi o‘zgaradi kimyoviy moddalar suv mazasini hidini o‘zgartiradi. Nordon va ishqorlik chiqindi suvlar suvning reaksiyaga kirishini o‘zgartirib yuboradi. Yog‘lar neft qoldiqlari suv yuzasida yupqa pardalar hosil qiladi, suvga oksigelni o‘tishiga qarshilik ko‘rsatiladi. Suvning tashqi ko‘rinishini buzadi. Ba’zi bir korxonalar chiqindi suvlari turli infeksiya kasalliklarini tarqalishiga sabab bo‘ladi, masalan biofabrikalar, mo‘yna, teri ishlaydigan fabrikalar chiqindilarda kuydirgi kasalliklarini tarqatuvchi mikrob bo‘lishi mumkin.

Umuman olganda chiqindi suvlar bilan suv havzalarini ifloslanishi xalq xo‘jaligida, odamlar sog‘ligiga va tabiatiga juda katta zarari bor. Sanoat korxonalari chiqindi suvlarini tozalash va zararsiz holatga keltirish eng asosiy masala bo‘lib qoladi. Bu borada respublikada olib borilayotgan juda ko‘p ilmiy ishlar, tajribalar, shu sohada ishlab turgan hozirgi tozalash inshshotlarini chiqindi suvlarni tozalash va zararsizlantirishni yanada mukammallashtirish, sanoat korxonalari uchun tozalash inshootlarini qurish va ishlatish – bu masalani ijobiy hal qilishda ahamiyat kasb etadi. Ammo shuni aytish kerakki, ko‘p hollarda tozalash inshootlarining chiqindi suvlarini va zarasizlantirishning yangi usullarining joriy qilish ancha murakkab bo‘lib, juda katta mablag‘ni talab etadi. Shuning uchun loaqal umumiy tadbir choralarni amalga oshirish ahvolni anchagina yengillashtiradi va yordam beradi. Jumladan sanoat korxonalari uchun yangi joyni tanlash, chiqindi suvlarni suvga tashlaganda aholining suvdan foydalanishiga zarar bermasligini ta’minlash yoki chiqindi suvni zarasiz holatga keltirishni tashkil qilish; korxonalarda suvni kam ishlatish yo‘llarini rejalashtirish, hom ashyoni tejamli ishlatish, reaktivlarni suvga tushishini kamaytirishi, apparat vauskunalarni yaxshi berkitilishini ta’minlaydi; suvni qayta ishlatishni tashkil qilish, unda chiqindi suvlar miqdorini iloji boricha kamaytirish; sexlarda paydo bo‘ladigan chiqindi suvlarni alohida-alohida kanalatsiyatsiyaga tushirish agar korxona chiqindi suvi o‘zining tarkibi va xususiyati bilan shahar chiqindi suviga o‘xshasa unda chiqindi suvi umumiy kanalizatsiya suviga qo‘shish tavsiya qilinadi, pirovardida hamma chiqindi suvlar shaxar tozalash inshootlarida tozalanadi vazararsiz holatga keltiriladi. Agar sanoat korxona suvlari ochiq suv havzalariga tushiriladigan bo‘lsa, quyidagilarga ahamiyat berilishi kerak:

  1. Issiq chiqindi suvlarni fontanlarda, suv soladigan hovuzlarda sovutilib, so‘ngra ochiq suv havzalariga tushiriladi.
  2. Neftlarni, yog‘larni nisbiy zichligi kam bo‘lgan moddalarni maxsus ushlagichlarda tozalanadi.
  1. Kislotali chiqindi suvlarni dolomit yoki ohak bilan neytrallash lozim.
  2. Qalqiydigan moddalarni tindirgichlarda ushlab qolish, shularga mos moslamalar tayyorlash va tindirgichlar tagida cho‘ktirishni ta’minlash.
  3. O‘simlik va hayvonlarning organik moddalari bilan ifloslangan chiqindi suvlarni biologik usullar bilan tozalashni ta’minlash.
  4. Kimyoviy zararli moddalarni ajratib olish, parchalash, shimdirish va tiklash usullaini qo‘llab, ularni ochiq suv havzalariga tushmasligini ta’minlash. Agar korxonalardan chiqadigan chiqindi suvlar tarkibida organik moddalar ko‘p bo‘lsa, unday suvlarni biologik metodlar bilan tozalash va zarasizlashtirish kerak. Metallurgiya zavodlari. Bu zavodlarda texnologik jarayonlar asosan quyidagicha: 1.domna o‘choqlari temir rudasidan cho‘yanni eritib olishi; 2. Marten o‘choqlarida cho‘yandan po‘lat eritib olish;
  5. Po‘latni ishlash, undan temir izlar, to‘sinlar yasaladi. Bu jarayonlar juda yuqori haroratda kechadi. Metallurgiya zavodlarida 75% suv ishlab chiqilgan mahsulotni sovutish uchun sarflanadi. Eng ko‘p chiqindi suv domna o‘chog‘ida, po‘lat eritish va prokat sexlari paydo bo‘ladi. Oqava suv meyori deb, kanalizatsiyadan foydalanuvchi har bir kishiga bir kunda to‘g‘ri keluvchi l\sut. dagi oqava suv miqdoriga aytiladi. Aholi punktining kanalizitsil tizimini loyihalash tirishda oqava suv meyori suv istemoli meyoriga ming deb qabul qilinib,binolarning obodonchilik saviyasiga bog‘liq holda QM va Q 2.04.03 - 97 ga asosan topiladi. Eslatma: Kanalizatsiyalarda mavjud bo‘lmagan oqava suv meyori bir kishi uchun 25l/ sut qabul qilinadi. Berilgan oqava suvlar meyori jamoat binolar (hammom,maktab, bolalar bog‘chasi, poliklinika) kir yuvish korxonalari,kasalxona, sanatoril va dom olish uylarining oqava suvlari o‘z ichiga oladi sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalar chiqayotgan hisobi o‘rtacha sutkali oqava suvlar sarfi texnologik qiymatlar asosida hisoblanadi.

Kanalizatsiyalanmagan rayonlardagi oqava suvlar meyori sutkasiga bir kishi uchun 25lit/sut qabu qilinadi. Shahar va sanoat korxonalarining kanalizitsiya loyihasida nafaqat oqava suv meyori, umumiy suvlar sarfi aniqlanadi, balki oqava suvlarning sarfining sutkada soatlar bo‘yicha o‘zgarishi, maksimal sarflar qiymati va suvning oqish rejimi ham hisobga olinadi. Bu esa oqava suvlarning sutkali , soatli, umumiy notekislik koeffitsientlari orqali aniqlanadi. Amalda tozalash inshootlari hisobida, sutkali, soaotli, umumiy notekislik kayffitsentlari qo‘laniladi. Sutkali notekisilik kayffitsenti shahardan kelayotgan kommunal ro‘zg‘or oqava suvlar oqimini o‘zgarishini baholash uchun qo‘llaniladi va mahalliy sharoitga bog‘liq bo‘lib, K sut =1.1-1.3 teng. Oqava suvlarning umumiy notekislik kog‘ffitsenti o‘rtacha sekundli sarfga bog‘lik bo‘lib KM vak 2.04.03-97 ning 2.2 bandi bo‘yicha olinadi. Okova suv tarkibi va xususiyatlari Okova suvlar suv havzasiga tashlanishdan oldin tozalanishi shart. Okova suvlarni tozalash darajasi okova suv tarkibi va mikdori hamda suv havzasining sarfi va sifat ko‘rsatgichlariga bog‘lik. Tozalash inshootlarini to‘g‘ri loyixalashtirish uchun suvlarning ximyaviy bakteriologik analiz kilib uning tarkibini bilishimiz zarur. Oqava suv tarkibidagi kolloid va erigan moddalarning ximyaviy tazkibiga oziq-ovqat mahsulotlardagi oqsil yog‘lar uglevodlar hamda vodorod suvidagi gidrokorbanat sulfatlar kiradi. Kolloid moddalar 2 xil bo‘lib: Gidrolid-to‘kimmalar sellyuloza kraxmal kabi uglevodlar va gemoglabin hayvon va balik moyi eman oqsillar sovun bo‘yoklar va hokazo gidrofod-loy ko‘mir temir va alyuminiy oksidlari. Erimagan moddalar – zarrachalarning o‘lchami(dispechirligi) ularning solisheirma og‘irligi va okim tezligiga karab:

  • Suv yuzasiga qalqib chiqadi(yog‘,qog‘oz,yog‘och bo‘lakchalari);
  • Osig‘lik holda(suzpenzil) bo‘ladi:
  • Quvur tubida cho‘kma sifatida (qum,organik modda bo‘laklari) harakatlanadi. Mineral iflosliklarga qum, tuproq, ruda zarrachalari, shlak,

mineral muzlar, kislota, ishqorlar va boshqalar kiradi. Organik iflosliklar o‘z navbatida o‘simlik va hayvon qoldiqlariga bo‘linadi. O‘simlik qoldiqlariga-liva, sabzavot, qog‘oz va boshaqalar qiradi. Bo‘nday iflosliklarning ximilviy tarkibini asosan uglerod tashkil qiladi. Hayvon qoldiqlariga – hayvon va insonlarning fiziologik chiqidilari, go‘sht qoldiqlari,yog‘ moddalari va boshqalar kiradi. Bularning ximiyaviy tarkibini asosan azot tashkil qiladi. Oqava suv tarkibidagi organik iflosliklar turli bakteriyalarning rivojlanishi uchun qulay muhit hisoblanadi. Shuning uchun ham oqava suv tarkibida ko‘p miqdorida bakteriologik iflosliklar bo‘ladi. Bakteriologik iflosliklarga tirik mikrofganizmlar va turli bakteriyalar kiradi. Bakteriologik iflosliklarni shartli ravishda saprofit va patogen turlarga bo‘lishi mumkin. Saprofit bu xavsiz bo‘lib , insonga sog‘ligiga zarar yetkazmaydi,masalan achitqi va mog‘or zambrug‘lari. Patogen bakteriyalar xavfli bo‘lib inson sog‘ligiga xavf soladi, masalan qorin tifi, paratif dizentariya (ichburug‘), sibir yarasi, xolera (vabo) kabi kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi bakteriyalar hamda inson va hayvonlarning fiziologik chiqindilri orqali suvga tushadigan gelmint tuxumlari (gijja) hisoblanadi. Bir mg oqava suv tarkibida bir nechta million donagacha bakteriyalar bo‘lishi mumkin. Kolindeks-bir litr suvdagi ichak tayoqchalar soni, koltlitr esa bir ichak tayoqchasiga to‘g‘ri keluvchi suv hajmi. Bakteriologik ifloslikni aniqlash uchun “kolli” bakteriyalari deb ataluvchi ichak qalamchalarining mavjudligini tekshiruvchi bakteorologik tahlil amalga oshirilishi kerak. Xo‘jalik chiqindi suvlarining hosil bo‘lishi, tarkibi, xossalari va suv havzalariga ta’siri. Inson organizmi o‘zini qurshab turgan tashqi muhit bilan chambarchas bog‘liqdir. Tashqi muhitning ifloslanishi kishi organizmiga salbiy ta’sir etishini yuqorida keltirilgan dallillar ham tastiqlaydi. Shuning uchun ham tashqi muhitni asrash-inson sog‘lig‘ini saqlash va kasalliklar oldini olishning eng zarur choralari hisoblanadi.

Tashqi muhitning asosiy omillaridan biri bo‘lgan suvning organizmga ta’siri va kasallik keltirib chiqarishdagi roli juda katta bu masala turli adabiyotlarda yetarlicha yoritilgan.Ayniqsa, suv omilining oshqozon-ichak kasalligini, gepatit singari og‘ir yuqumli kasalliklarni tarqatishdagi roli ancha kattaligi fanga ma’lumdir. Shuning uchun ham xo‘jalik ahlatlari, chiqindi suvlar tarkibini bakteriologik, gel’minotologik jihatdan samarali tozalash, zararsiz holga keltirish ochiq suv havzalarini ifloslanishdan asraydi va ko‘p kasalliklarning oldini oladi. Sanitariya-texnika tadbirlarining hammasi tozalash inshootlari samarali ishlashiga va suvdan kelib chiqadigan turli yuqumli kasalliklarining oldini olishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Ma’lumki, chiqindi suvlarni qabul qilib oladigan har bir jihozli moslamadan o‘tayotgan suv sifon orqali o‘tadi. Bu esa xonalarni badbo‘y hid va gazlardan asraydi. Chiqindi suvlar jamoa va uy-joy binolardan ichki kanalizatsiya tarmoqlari orqali hovli hamda ko‘cha kanalizatsiya tarmoqlariga o‘tadi. Paydo bo‘ladigan jami chiqindi suvning miqdori har bir kishi uchun sarflanadigan suv miqdorini sanoat korxonalarida esa har bir ishlab chiqarish uchun ketgan suv miqdorini o‘lchash bilan aniqlanadi. Suv sarfi mamlakatlar taraqqiyoti , ularning madaniy darajasiga ham bog‘liq bo‘ladi. Mutaxasislar bergan malumotlarga qaraganda keyingi yillarda eng taraqqiy yetgan davlatlarda suv istemoli kishi boshiga sutkasiga 800 - 900 litr to‘g‘ri kelgan bir vaqtda endi rivojlanayotgan mamlakatlarda bu miqdor 30 litrni tashkil etadi. Har bir kishiga suv sarfi iqlim sharoitiga, mintaqalarning obodligi darajasiga, taraqqiyotiga va ishlab chiqarish korxonalarining ham o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liqdir. 2.04.-85rqamli Sanitariya meyori va qoidasida yangi qurilayotgan ob’ektlar uchun suvning tahminiy sarf me’yorlari beriladi. Chiqindi suvlar ichki kanalizatsiyatsiya shaxobchalari orqali tashqi kanalizatsiya tarmoqlariga tushadi, so‘ngra o‘z oqimi bilan quvurlar, kanallar tizimi orqali nasos stansiyalariga yoki tozalash inshootlariga oqib boradi. Mahallalar xududida kanalizatsiya shaxobchalari ko‘cha kanalizatsiyalari bilan birlashadi,ular chiqindi suvlarni kollektor

yordamida tozalash inshootiga eltadi.Kollektordagi chiqindi suvlari ham qo‘shiladi. Odatda,kanalizatsiya suvlari turar-joylardan tozalash inshootlariga o‘z oqimi bilan boradi, lekin yer maydonlarining tekisligi, joylarning baland-pastligi chiqindi suvlarning oqimga xalaqit bersa, suvni haydab beradigan nasos stansiyalari quriladi. Ular suvni bosim bilan o‘zi oqar kollektorlarga, tozalash inshootlariga oqizib beradi. Bulardan tashqari, aholi turar joylaridan korxonalar maydonlaridan yomg‘ir qor va yuvindi suvlarni olib chiqib ketish uchun ularga truboprovod yoki kanilatsiya shaxobchalari quriladi. Suvlar kelib chiqishiga, xususiyatiga ko‘ra alohida, yarim alohida va umumiy kanalizatsiya suvlariga bo‘linadi. Alohida qurilgan kanalizatsiya tizimi yer ostida 2 tarmoqdan iborat bo‘ladi: xo‘jalik chiqindi suvlari va yomg‘ir, qor hamda yo‘llarning yuvindi suvlari uchun qurilgan tizim. To‘liq ajratilgan kanalizatsiya tizimida xo‘jalik chiqindi suvlari va yomg‘ir suvi alohida-alohida yer osti kanalizatsiyasi orqali oqiziladi. To‘liq ajratilgan kanalizatsiya tizimida yomg‘ir, qor va boshqa yuvindi suvlar ariq va zovurlar orqali oqiziladi, xo‘jalik chiqindi suvlari esa yer ostida alohida quritilgan kanalizatsiya orqali oqiziladi. Chala yarim ajratilgan tizim bosh kollektor bilan qo‘shilgan 2 tarmoqdan iboratdir. Yomg‘ir suvlari va boshqa suvlar uchun mo‘ljallangan tarmoq bosh kollektorga suv taqsimlovchi maxsus kameralar yordamida ulanadi. Aks hollarda sel kelgan vaqtlarda mazkur tizimga yomg‘ir suvini sig‘dirib bo‘lmaydi, shuning uchun kameradan ortib qolgan suv ochiq havzalarga oqiziladi. Umumiy kanalizatsiya tizimida xo‘jalik chiqindi suvlari, yomg‘ir, qor va boshqa suvlar yer osti kanalizatsiya tizimi orqali tozalash inshootlariga oqib boradi. Sel kelgan vaqtda umumiy kanalizatsiya tizimi ishini ozroq bo‘lsa-da kamaytirish uchun suv taqsimlovchi kameralar o‘rnatilib, ortiq suv ochiq havzalarga tushiriladi. Aholi turar joylaridan keladigan kanalizatsiya suvlari shahar tozalash inshootlariga tushiriladi. Lekin ochiq suv havzalarini

chiqindi suvlardan 100% asrab qolib bo‘lmaydi. Chunki shahar tozalash inshooti 85-90 % chiqindi suvlarinigina tozalay oladi. Chiqindi suvlar o‘zi bilan erigan, muallaq moddalarni yo‘lida uchragan loylarni, qumlarni, po‘choqlar va qog‘ozlarni tozalash inshootlariga oqizib keladi. Kanalzatsiya suvlari doimo bir xil bo‘lmasligi mumkin. Ayniqsa, uning konsentratsiyasi, miqdori, ifloslantiruvchi ingridientlari farq qiladi, goho katta tafovutlar bo‘lishi mumkin. Xo‘jalik chiqindi suvlarining tarkibiy qismiga, xossalariga baho berish uchun ular namunalarni tahlil qilish kerak bo‘ladi. Bu suvlarning kimyoviy tarkibi anorganik moddalarni ko‘proq ushlashi bilan farq qiladi, ko‘p moddalar esa erigan holda bo‘ladi. Umumam olganda, chiqindi suvdagi iflosliklarning 60%i organik moddalarning 2 ko‘rsatgichi- suvning oksigenga bo‘lgan bio kimyoviy talabi va organik moddalarni kimyoviy yo‘l bilan oksidlash uchun sarflangan oksigen miqdori bilan aniqlanadi.Suvning oksigenga bo‘lgan bio kimyoviy ehtiyoji to‘lalagi 5 kunda yoki 20 kunda aniqlanadi. Chiqindi suvlar muhiti rN – 7,2 – 7,6 atrofida bo‘lib turib qolsa chiriy boshlaydi. Ularga baho berishda quyidagi ko‘rsatgichlarga ahamiyat beriladi: suvning organolektik xususiyati, oziqliq moddalari, oksidlanishi va oksigenga bio kimyoviy extiyoji, azot ammoniy hamda mitratlarni saqlash darajasi. Nitrit va nitratlar suvdagi nitrisikatsiya jarayonlarini, yani organik moddalarni mineral anorganik moddalarga aylanishini ko‘rsatadi. Bulardan tashqari, suv namunalarida xildoritlar borligiga ahamiyat beriladi. Xo‘jalik chiqindi suvlari turli yuqumli kassalliklar tarqalishi hafini tug‘diradi. Chunki ularning tarkibida juda ko‘p miqdorda bakteryalar, gelmit tuxumlari, viruslari bo‘dadi. Masalan, 1ml. Chiqindi suv tarkibida bakteryalar miqdori millionlab,o‘n millionlab hisoblanadi, ichak tayoqchasining titri - 105 - 107 bo‘ladi. Olima V. Antonova 1litr suvda o‘nlab va yuzlab telmit tuxumlarini aniqlagan. Shu bilan chiqindi suvlar tarkida mineral oldida shu moddalarni ajratib olish, ulardan qishloq xo‘jaligida tadbirkorlik bilan foydalanishga ko‘maklashish masalasi ham turadi.

Shuni xisobga olish kerakki, chiqindi suvlar qanday usul bilan tozalanmasin, pirsivardida ochiq havzalariga tashlanadi. Bu narsa suv havzalaring aholi suv manbai sifatida foydalanish imkoniyatini cheklaydi, ular o‘z navbatida yuqimli kasalliklar tarqalish hafini bartaraf tug‘diradi. Xo‘jalik chiqindi suvlari ochiq suv havzalari suvning tabiiy xolatini o‘zragtiradi, uni loyqalashtiradi, babo‘y qilib qo‘yadi. Bu esa suvdan foydalanishni chegaralaydi. Oqava suvga tushayotgan osig‘liq jinslar suv sartida cho‘kmalar xosil qilad, suvni ifloslantirivchi qo‘shimcha manbani yaratadi. Suv tarkidagi organik moddalar parchalanib, erigan oksigen ko‘p sarflanishiga olib keladi. Suvdagi oksigen sarflashib qolsa, suv chiriy boshlaydi. Daryolar o‘lik suv mannbalariga aylanadi, ulardan esa qo‘llansa g‘idlar chiqadi. Xo‘jalik chiqindi suvlari bilan patogen mikroblar-qorin tifi, parativ, ichburuq va boshqa ichak infeksiyalari suv havzalariga tushadi. Oshqozon-ichak yo‘li kasalliklari ko‘pincha kanalizatsiya suvlarini zararsizlantirmaydi, ochiq suv havzalariga tashlashdan kelib chiqadi. Shahar chiqindi suvlarini tozalashdagi asosiy vazifalar quydagilardir: 1 chiqindi suvlarini osig‘liq mineral va organik moddalardan holi qilish (mexanik usulda tozalash) ; 2 chiqindi suyuqlikni kolloit va erigan organik moddalardan holi qilish (biologik usullarni qo‘ddab tozalash); 3 chiqindi suyuqlikni potogen-kasallik jaqiruvchi mikrofloralardan xoli qilish (zararsizlantirish) ; 4 cho‘kma qoldiqni zararsizlantirish va undan tadvirkorlik bilan foydalanish. Chiqindi suvlarni mexanik usulda tozalash. Chikindi suvlarni bunday usulda tozalash uchun dastlab panjara quriladi, u suvdagi yirik chiqindilar-latta, paxta,qog‘oz, po‘choq va boshka oqar narsalarni ishlab qoladi, chunki ular suv tozalash jarayonlarini murakkablashtiradi. Panjara bir-biriga mafosiy ulangan temir simlardan iborat bo‘lib, suv oqimiga qarshi tik qilib o‘rnashtiriladi. Sim panjaralar

kataklarining orasi 16-30 mm atrofida bo‘ladi. Ular ushlab qolgan chiqindilar mexanik usulda panshaxalar bilan olinib, gidrotramsportyorlar yordamida maydalaydigan mashinalarga uzatiladi. Bu mashinadan chiqqani yana panjara oldidan tashlab yuboriladi. Chiqindi suvlar kengi bosqichda qum ushlagich inshootga o‘tadi, undagi suvdagi og‘ir moddalar, qumlar va boshqa aralashmalar cho‘ka boshlaydi. Qum ushlagich asosan tindirgich bo‘lib, suvdagi og‘ir zarachalarni cho‘ktirishda va organik moddalardan yarim cho‘kma hosil qilishda vositachilik qiladi. Bu tindirgichlarda 65 % qum cho‘kib qoladi. Ulardagi qum maxsus moslamalar yordamida bunkerga to‘planadi va turli chuqurlarni to‘latishga ishlatiladi. Qum tindirgichlar suv oqimi tezligini sekundiga 15dan 30 sm gacha kamaytiradi. Bunday gindirgichga xosil bo‘lgan cho‘kmalar ikki sutkada bir marta olinishi kerak. Suv qum tindirgichdan o‘tgandan so‘ng uning tarkibida yaxshi erimagan osig‘liq jinslar qoladi, bu organik moddalarni ajratib olish uchun suv tindirgichlar kerak bo‘ladi. Chikindi suvlar biologik usul bilan tozalashga qadar birlamchi tindirgichlardan o‘tadi. Biologik suv havzalari Biologik suv havzalari 1 gektarcha yoki kattaroq maydonni egallaydi, chuqurligi 0,5- 1 metr bo‘ladi. Bu havzalar chiqindi suvlardagi gelmintlardan, patogen mikroblardan holi bo‘lishuchun foydalaniladigan suv havzalaridir. Agar sug‘orish maydonlari suvni qabul qilmay u ortib qoladigan bo‘lsa,bunday suv shu havzalarga tushirilsa bo‘ladi. Chiqindi suvlar qishloq xo‘jalik maqsadlari uchun ishlatishga mo‘ljallansa, ularni zararsizlantirish uchun kichik suv havzalaridan foydalanish mumkin,bular ichida oksidlovchi biologik suv havzalari ancha ahamiyatlidir, ularda ichak tayoqchalarining 99,9 %i o‘ladi va bu suvlar gelmintlardan butunlay quritiladi. Biologik suv havzalari kam miqdordagi chiqindi suvlarni tozalashga mo‘ljallangan. Biologik oksidlovchi suv havzalari yozda keng qo‘lamda ishlatilsa bo‘ladi. Bunday suv havzalari chiqindi

suvlarni asosan patogen bakteryalar va gelmintlardan holi qilish uchun ishlatiladi (M.M. Telitchenko). Chiqindi suvlarni bunday suv havzalarida tozalash uchun, masalan, Qozog‘istonning janubiy va O‘zbekistonning shimoliy rayonlariga 6 – 8 kun kerak bo‘ladi. Oksidlovchi hovuzlar ishi samarali bo‘lishi uchun ular bo‘linmalarga bo‘linadi. Bu bo‘linmalar alohida ishlaydi, har biri chiqindi suvlar bilan 2 kun to‘ldiriladi, ularni tozalash uchun 10 kun kerak bo‘ladi.Bunday bo‘linmalar kamida 5 ta bo‘lishi kerak, ularning tagi qiya qilingan bo‘lib,uzun tomonidan mavoziy beton nov ochiladi, suv chiqib ketishi va kirishi uchun nov moslamalari o‘rnatiladi, novlar har 15 – 20 metr masofada joylashtiriladi. Tindirilgan suv yuqoridan loyqalatmay chiqarilib, havzalarga tushiriladi.Cho‘kmani chiqarish uchun suv havzasi tang tomonidan maxsus quvur bilan obdon bo‘shatiladi, kuzda cho‘kma chiqindi suv bilan suyultirilib,sug‘orish shudgorlariga tashlanadi. Suv havzasidagi suv chiqidilari qoldig‘ini tozalash uchun suv umumiy hajmdan 10 – 15 % i qoldiriladi.Oksidlovchi suv hovuzlarida suvning qatlami 0,6 metr bo‘lishi yetarlidir.Suv yuzasi bilan atmosfera havosining almashinib turishi suv tezroq oksidlanishiga imkon beradi. Atmosfera havosi harorati 6 o S bo‘lganda biologik hovuzdagi suvlarning tozalanishi normal holatda kechadi. Hozir jahon mamlakatlarida chiqindi suvlarni tozalashda biologik suv hovuzlaridan keng foydalaniladi,sababi suv tarkibida mikroflora va boshqa jonivorlar juda ko‘pdir. Biologik suv havzalarining o‘ziga yarasha kamchiliklari ham bor. Jumladan, ulardagi tozalash jarayoni iqlim sharoitiga juda bog‘liq bo‘lib, suvni zararlantirish gemint tuxumlaridan qutulish 2 – 3 kundan 2,5 – 3 oygacha cho‘ziladi, tabiiy suvda kechadigan oksidlovchi jarayonlarining samarasi suniy suv oksidlovchi jarayonlari samarasidan ancha kam bo‘ladi. Havzalarga quyiladigan suv toza suv bilan 3 – 5 marta suyiltiriladi. Albatta, shahar va shaharchalar atrofida maydonlar, suv havzalari yetarli bo‘lsagina tabiiy suv va tozalash inshootlaridan

foydalansa bo‘ladi.Aksincha bunday qulay sharoitlar bo‘lmasa, suniy suv tozalash inshootlaridan foydalanish juda zarur bo‘ladi. Chiqindi suvlarni zararsizlantirish Shahar chiqindi suvlarini tozalashning so‘ngi bosqichi ularni zararsizlantirishdir. Ma’lumki, ochiq suv havzalariga hatto biologik usullar bilan tozalang an chiqindi suvlarni ham tashlab bo‘lmaydi, chunki bunday suvlarni suv havzalariga zararsizlantirmay tashlash turli yuqumli kasalliklar tarqatish xafini tug‘diradi. Ma’lumki qorin tifi, ichburug‘, sariq kasali va boshqa kasalliklar to‘satdan tarqalishiga ichimlik suvlarining ifloslanishi sabab bo‘lmoqda.Ayniqsa, chiqindi suvlar viruslari tozalash inshootlarida hech qachon to‘la – to‘kis ushlab qolinmaydi. Demak, tozalash inshootlarida tozalangan suvlarni zararsizlantirish eng asosiy muammo hisoblanadi. Zararsizlantiruvchi vositalardan biri amalda keng ishlatiladigan xlor moddasidir. Chiqindi suvlarni tozalashda xlor gaz ohak holida ishlatilishi mumkin. So‘ngi vaqtlarda tozalash inshootlarida elektroliz yo‘li bilan faol xlorni ajratib olish masalasi hal etilmoqda. Bu juda foydalidir. Xlor miqdori xlorator uskunalarida aniqlanib, suvga yuboriladi. Chiqindi suvlarni xlorlash samarasini bilish, ya’ni uning ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish gigienafaning muhim vazifalaridan biridir.masalan,chiqindi suv tarkibidagi organik moddalar har qanday sharoitda ham tabiiy suvlar tarkibidagi nisbatan ko‘proqdir, demak, xlor bunday suvlarni tozalashda ko‘proq sarf bo‘ladi. Chiqindi suvlarni zararsizlantirish xlor ko‘proq ishlatiladi. Ma’lum xujjatlarda keltirilishicha, chiqindi suvlarni zararsizlantirishda xlorning me’yori bir litrga 10mg, mexanik yo‘l bilan tozalanganda 30mg bo‘ladi. Suv zararsizlantirishi uchun u xlor bilan to‘la aralashtirilishi kerak, xlorning suv bilan to‘qnashuvi 30 minut davom etishi kerak. Buning uchun tozalash inshootlarining tarkibida aralashtirgich qurulma, to‘qnashuv havzasi (tik tindirgichga o‘xshab)bo‘lishi kerak. Oqava suvlarni tozalashda yashil o‘simliklarning ahamiyati Oqava suvlarni tozalashda gidrobotanik ya’ni yashil o‘simliklardan foydalanish AQSh,Germaniya Federativ