Три лекции по предмету Информационные технологии для студентов  на узбекском языке, Конспекты лекций из Современные информационные технологии
dinara-abdukadyrova
dinara-abdukadyrova

Три лекции по предмету Информационные технологии для студентов на узбекском языке, Конспекты лекций из Современные информационные технологии

7 стр-ы.
82Количество просмотров
Описание
Лекции по предмету информационные технологии на узбекском языке
20 баллов
Количество баллов, необходимое для скачивания
этого документа
Скачать документ
Предварительный просмотр3 стр-ы. / 7
Это только предварительный просмотр
3 стр. на 7 стр.
Это только предварительный просмотр
3 стр. на 7 стр.
Это только предварительный просмотр
3 стр. на 7 стр.
Это только предварительный просмотр
3 стр. на 7 стр.

1. Axborot texnologiyasi tushunchasi.

Axbortga ta’rif. Axborot - bizni o’rab turgan olamning asosiy mohiyatlaridan biridir.

Axborot - biror bir kishi tomonidan ikkinchi bir kishiga og’zaki, yozma yoki boshqa bir

uslub bilan beriladigan - boshlang’ich xabarlardir.

Axborot - materiyaning asosiy universial xossalaridan biridir.

Axborot deganda predmetlar va jarayonlarning o’zini emas, balki ularni sonlar,

formular, chizmalar, belgilar, obrazlar ko’rinishida ifodalash yoki akslantirishni ham

tushuniladi.

Xabar - axborotni tasvirlash shakli bo’lib, u nutq, matn, tasvir, grafik, jadval, videotasvir,

tovush va shu kabi ko’rinishlarda ifodalaniladi.

Ma’lumot - informatikaning ta’riflanmaydigan boshlang’ich tushunchasi hisoblanadi.

Axborot - bu aniq va amalda ishlatiladigan xabardir.

Berilganlar esa xabarlar, kuzatishlar natijalarini o’z ichiga oladi. Biror zaruriyat bo’yicha

imkoniyat tug’ilganda, masalan, narsa to’g’risidagi bilimni oshirish paytida u axborotga

aylanadi.

Axborot texnologiyasi tushunchasi.

Axborot texnologiyalari deganda - hisoblash texnikasining vositalarini tatbiq etish

asosida axborotlarga ishlov berish, qidirish, saqlash, jamlash va yig’ish usullarining tizimi

tushuniladi.

Reja

1. Axborot texnologiyasi tushunchasi

2. Axborot texnologiyasiga ta’rif

3. Ma’lumotlarni qayta ishlovchi axborot texnologiyalari 4. Axborot texnologiyalarining asosiy yo’nalishlari

Tayanch so’zlar

va iboralar

Ob’yekt,ma’lumotlar, axborot,reprezentativligi,

informatika,barqarorligi,ishonarliligi, aniqligi,

axborotning o’z vaqtidaligi,axborotning aktualligi,

yetarliligi, mazmundorligi, axborot texnologiyasi,

texnologiya, jaraen, itologiya, yangi axborot

texnologiyalari, kompyuter axborot texnologiyasi.

MA’RUZA № 1.

KIRISH. AXBOROT TEXNOLOGIYALARI , AXBOROT HAQIDA,

AXBOROTLI JARAYONLAR VA AXBOROTLASHGAN JAMIYAT

HAQIDA TUSHUNCHA.

2

Axborot paydo bo’lgan lahzadan to natija olinguncha bajariladigan o’zaro bog’liq

amallarning tartiblangan ketma - ketligiga texnologiya jarayoni deyiladi.

Axborot texnologiyalari deganda, har - xil sohalar faoliyatining axborotlarini

avtomatlashtirish vositalari va usullari to’plami tushuniladi.

Axborot texnologiyalari iborasidagi “texnologiya” so’zi lotincha “thexnos” -san’at,

hunar, soha va “logos” - fan degan ma’noni bildiradi. Ya’ni texnologiya so’zi - biror vazifani

bajarishda uning turli xil usullarini ko’rinishini bildiradi.

Axborot texnologiyalari axborotlarni yig’ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash usuli va

vositalari majmuidir.

Axborot texnologiyalari - axborotlarni jamlash, saqlash, uzatish va shu jarayonlarni

amalga oshiruvchi barcha texnik vositalarni ishlatishni o’rgatuvchi fan hisoblanadi.

Axborot texnologiyalari - bu axborotli mahsulot ishlab chiqishning texnik va ilmiy usullari

to’plami hamda hisoblash texnikasi va aloqa vositalarining hamma turlarini qo’llash xizmatini

amalga oshirishdir.

Axborot tushunchasi inson faoliyatining barcha sohalarida qo’llaniladi. Ayni paytda

uning miqdoriy tavsifini, ya’ni texnik-iqtisodiy, falsafiy, shuningdek gnoseologik (axborot

anglash vositasi sifatida), kibernetik kabi bir qator jihatlarini farqlaydi.

Axborotning moddiy tashuvchisi axborotni uzatish va saqlashni aks ettirgandagina

axborot mavjud bo’ladi, aks holda borliq axborotsiz qoladi. Shunday qilib, axborot moddiy

tashuvchininng uzviy mazmuni va mohiyati sanaladi .

Kibernetik nuqtai-nazaridan, tirik oganizm, avtomatik harakatlanuvchi mashina yoki

inson-mashina tizimi tomonidan amalga oshirilgan har qanday jarayonda (ongli yoki ongsiz

ravishda) axborot yuzaga kelishi, uni qabul qilish, uzatish, qayta ishlanishi yuz beradi. Ayni

paytda keladigan axborot signallari ob’ektininng tashqi ta’sirlarga bo’lgan reakstiyasini ishlab

chiqaruvchi signallarga aylantiriladi.

Signallarini uzatish va axborotni qayta ishlash materiya yoki energiyaning borliq va

vaqtda harakatlanishi hamda ob’ektlar yoki muhitlarning o’zaro aloqasi holatini, tarkibining

o’zgarishini yuzaga keltiruvchi har qanday jarayonlar yordamida amalga oshirilishi mumkin.

Axborot nazariyasida ko’pincha “axborot miqdori” tushunchasidan foydalaniladi. Bunda

asosan shu narsa anglashiladiki, axborot- bu axborot olinguncha va olingandan so’ng mumkin

bo’lgan javoblar sonining fukstiyasi ekanligi ta’kidlanadi. Axborot harakatlanishi undagi

mavhumlikni (noaniqlikni ) bartaraf etishdan iborat .

Iqtisodiy –xo’jalik faoliyatida axborot deganda, keng ma’noda, atrof muhit to’g’risidagi

har qanday ma’lumotlar tushuniladi. Bu ma’lumotlar atrof muhit bilan o’zaro aloqadan unga

moslashishdan va uning o’zgarishi jarayonidan olingan bo’lishi mumkin

Iste’molchi nuqtai nazaridan, axborot – bu eng oxirigi foydalanuvchi tomonidan

olingan tushunchalar va foydali deb baholangan yangi ma’lumotdir.

Axborot texnologiyasini о‘rganish uch qismdan iborat:

1. Axborot texnologiyalarini tashkil qilishning nazariy asoslari о‘rganiladi, bunda asosiy e’tibor axborot tizimini yaratish tamoyillari, rivojlantirish bosqichlari, iqtisodiy axborotning

xususiyatlari, tuzilishi va qayta ishlash jarayonlariga qaratilgan.

2. Axborot texnologiyasi tizimining unsurlari: hisoblash texnikasining tuzilishi, foydalanish usullari, matematik va dasturiy ta’minoti va uning faoliyatini belgilovchi lingvistik, erganomik

va umumiy ta’minotlarni о‘rganadi.

3. Boshqarish subyekti faoliyatiga taalluqli bо‘lgan iqtisodiy masalalarni yechish yо‘llari о‘rganiladi.

Axborot texnologiyasi tizim sifatida boshqarish subyektida shakllanadi. Shu sababli ham

axborot texnologiyasi boshqarish subyektining ustqurmasi hisoblanadi. Demak, axborot

texnologiyasining shakllanishi uchun quyidagi unsurlarning bо‘lishi majburiydir:

3

1. mutaxassislar 2. texnik vositalar 3. axborotlar Shuning uchun ham axborot texnologiyasi boshqarish funksiyalarini ifodalovchi

axborotlarni yig‘ish, jamlash, uzatish, saqlash va boshqa jarayonlarni amalga oshiruvchi inson -

mashina tizimi deb yuritiladi. Bu tizimni yaratish uchun bir qator tamoyillar ishlab chiqilgan.

Texnologiya so’ziga ta’rif.

Texnologiya grek tilidan (techne) tarjima qilinganda san’at, ustalik, bilish, anglash kabi

ma’noloarni anglatadi.

Jarayon deganda oldimizga qо‘yilgan maqsadga erishish uchun bajariladigan

harakatlarning yig‘indisi tushuniladi.

Jarayon inson tomonidan tanlangan turli vosita va usullar yig‘indisidan tashkil topgan

strategiyani tadbiq etilishi bilan ifodalanadi.

2.Axborot texnologiyasiga ta’rif.Axborot texnologiyalari deb — biror obyekt holati haqidagi yangi, sifatli axborotga ega

bо‘lish uchun, birlamchi axborotni yig‘ish,qayta ishlash va uzatish vositalari yig‘indisidan

foydalanish jaraeniga aytiladi.

Itologiya predmeti - axborot texnologiyalari (AT), shuningdek ularni yaratish va

qо‘llash bilan bog‘liq bо‘lgan jarayonlardir. Yangi axborot texnologiyalar tushunchasida esa, har xil vositalar, jumladan telefon,

telegraf, telekommunikatsiya, faks va boshqalar erdamida ma’lumotlar uzatuvchi kommunikatsiya texnologiyalar tushuniladi. Yangi axborot texnologiyalari deb-foydalanuvchining interfeyslar

orqali kompyuter va telekommunikatsiya vositalaridan foydalanish texnologiyasiga aytiladi.

Axborot texnologiyasi jamiyatning axborot resurslaridan

foydalanish jaraenining eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Hozirgi vaqtga kelib u bir nechta evolyusiya bosqichlaridan о‘tdi, bu bosqichlarning

almashinishi asosan ilmiy-texnika taraqqietining rivojlanishi, axborotni qayta ishlashning yangi texnik vositalari paydo bо‘lishi bilan belgilanadi. Shaxsiy kompyuter

zamonaviy jamiyatda axborotni qayta ishlash texnologiyasining asosiy texnik vositasi bо‘lib

xizmat qiladi, u texnologik jaraenlarni qurish va foydalanish konsepsiyasiga ham, natijali axborot sifatiga ham jiddiy ta’sir о‘tkazdi. Axborot sohasiga shaxsiy kompyuterni joriy etish va

aloqaning telekommunikatsiya vositalari qо‘llanishi axborot texnologiyalarining rivojlanishida

yangi bosqichni belgilab berdi va oqibatda «yangi», «kompyuter» yoki «zamonaviy»

sinonimlaridan birini qо‘shish hisobiga uning nomini ham о‘zgartirdi.

Axborot

•belgili

•grafikli

•video

•audeo

komputer •Shaxsiy komputer

•nootbook

•netbook

dasturiy taminot

• Tizimli

• Amaliy

• Xizmatchi

4

«Yangi» sifati bu texnologiyaning evolyusion harakterini emas, balki

novatorlik harakterini ta’kidlaydi. Uni joriy etish shu ma’noda

novatorlik hisoblanadiki, u tashkilotlarda faoliyatning xilma-xil

turlari mazmunini sezilarli darajada о‘zgartiradi. Yangi axborot

texnologiyasi tushunchasiga kommunikatsiya texnologiyalari ham kiritilgan,

ular axborotni turli vositalar bilan, xususan telefon, telegraf,

telekommunikatsiyalar, faks va boshqalar orqali uzatishni ta’minlaydi. Yangi axborot

texnologiyalari (YAAT) – foydalanuvchi ishining «dо‘stona» interfeysli axborot texnologiyasi

bо‘lib, bunda shaxsiy kompyuterlar va telekommunikatsiya vositalaridan foydalaniladi.

"Kompyuter" sifati uni amalga oshirishning asosiy texnik vositasi

kompyuter ekanligini ta’kidlaydi. Yangi (kompyuter) axborot

texnologiyasining uchta asosiy tamoyili:

 kompyuter bilan interaktiv (muloqot) ish rejimi;  boshqa dasturiy mahsulotlar bilan integratsiyalashganligi;  ma’lumotlarni ham, vazifalarning qо‘yilishini ham о‘zgartirish

jarayonining moslashuvchanligi.

Kompyuter axborot texnologiyasi atamasini emas, balki yangi atamasini ancha

aniqroq deb hisoblash zarurga о‘xshaydi, chunki u uning

tuzilishida naafaqat kompyuterlardan foydalanishga asoslangan texnologiyani, balki

boshqa, ayniqsa telekommunikatsiyalarni ta’minlaydigan, texnika vositalarga asoslangan

texnologiyalarni ham aks ettiradi.

3.Ma’lumotlarni qayta ishlovchi axborot texnologiyalari Ma’lumotlarni qayta ishlovchi axborot texnologiyalari, oldindan mavjud bо‘lgan

ma’lumotlar va algoritmlar ustida boshqa standart protseduralarga ega bо‘lgan topshiriqlar

bajarish uchun xizmat qiladi Bu texnologiya yuqori malakaga ega bо‘lmagan foydalanuvchilarda kо‘p

uchraydigan qiyin vazifalarni bajaradi.

Ma’lumotlar bazasi

1.1-rasm. Ma’lumotlarga ishlov berish axborot

texnologiyasining asosiy komponentlari.

AT uning uchun asosiy muhit hisoblanadigan axborot tizimlari bilan uzviy bog‘liqdir. Bir

qarashda darslikka kiritilgan axborot texnologiyasi va tizimlari tushunchasi o‘zaro juda

o‘xshashdek tuyulishi mumkin. Lekin aslida bunday emas.

Ma’lumotlar baz si

Ma’lumotlarni qayta ishlash

Guruhlar

ga

Bo’lish

Tartibla

sh

Hisoblas

h

Qisqartiris

h

Ma’lumotla

r

Tashqi

muhitdan

olinadigan

ma’lumotlar

Hisobot

tayyorlash

M av

ju d

S o

’r o

v

as o

si d

a

Tayyor

axbortot

5

AT kompyuterlarda saqlanadigan ma’lumotlar ustida murakkablik darajasi turlicha

bo‘lgan bosqichlar, harakatlar va operasiyalarni bajarishning aniq reglamentlangan qoidalaridan

iborat bo‘lgan jarayon hisoblanadi. ATning asosiy maqsadi dastlabki axborotni qayta ishlash

bo‘yicha maqsadli harakatlar natijasida foydalanuvchi uchun zarur bo‘lgan axborotni olishdan

iboratdir.

Axborot texnologiyasi – xodimlarning axborotga kompyuterda qayta ishlov berish

bo‘yicha aniq belgilangan maqsadga yo‘naltirilgan harakatlari majmuidir.

Axborot tizimi - kompyuter axborot texnologiyalaridan foydalanadigan axborot

mahsulotlari ishlab chiqarish va qarorlar qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash uchun odam-

kompyuter tizimi.

Bu mavzuning asl maqsadi, umuman inson faoliyati davomida axborot texnologiyalarini

qo’llash va ulardan foydalanish.

Axborot texnologiyalari axborotlarni yig’ish, qayta ishlash, saqlash, tarqatish,

foydalanish bilan shug’ullanadigan, jamiyat nufuzli tarzda keng qo’llanilib kelayotgan va shunga

o’xshash vazifalarni bajarib kelayotgan vositalarni o’z ichiga oladi. Axborot tizimlarini

samaradorligini oshirish maqsadida tashkilot, muassasalarda keng qo’llanilib kelinmoqda. 1940

– yilda elektron raqamli kompyuterlar paydo bo’lguncha, informatika odatda matematika va

muhandislik alohida ajralib chiqmagan edi. 1940 – yilda yangi va yanada kuchli hisoblash

mashinalari ishlab chiqilgan. 1960 – yildan boshlab informatika akademik intizom sifatida

belgilanib bora boshladi. Dasturiy ta’minotlar kompyuter yaratish bilan bog’liq.

Demak, informatika ma’lumotlarni yig’ish, uzatish, saqlash, qayta ishlash, kompyuter

yoki boshqa texnik vositalar yordamida avtomatik tarzda amalga oshirishni o’rganishga

bag’ishlangan fandir. Odatda, «texnologiya» so’zi moddiy ishlab chiqarish sohasiga nisbatan

ishlatilib, biror materialni qayta ishlash yoki predmetni tayyorlash jarayonining maxsus texnik

usullarini ifodalash maqsadida ishlatiladi.

Informatsion texnologiyalarda qayta ishlash uchun «xomashyo» sifatida «axborot»

qaraladi va u kompyuter - dastur va qo’shimcha texnik vositalar yordamida avtomatik tarzda

qayta ishlanadi.

Axborot texnologiyalarning asosiy apparat vositasi komputerdir. Komputerning

arxitekturasi ushbu sxemada keltirilgan.

Axborot texnologiyalarining rivojlanish bosqichlari tosh asridan axborot asrining

o’zgarishi tasvirda keltirilganm.

Instruction set architecture

Arxitektura buyruqlarni terish

Microarchitecture

Kichik arxitektura

System Design

Tizimli dizayn

C o

m p

u te

r

a rc

h it

ec tu

re

6

Axborot yoshi hozirgi davrga murojaat qilish jarayonida kunlik ishlatiladigan atamadir. O’z nomi yuz (sanoat yosh misolida kabi) jismoniy tovarlar ishlab chiqarish markazida global iqtisodiyotni smenada va axborot manipulyatsiyasi tomon ishora qiladi. Shuning bilan birga axbortning qayta ishlash texnologiyasi rivojlandi.

4.Axborot texnologiyalarining asosiy yo’nalishlari:

1. Hisoblash tizimlari va ularning dasturiy ta’minotini yaratish;

2. Ma’lumotlar nazariyasi: informatsiyani uzatish, saqlash, qabul qilish, qayta ishlash bo’lgan

protsessni o’rganadi;

3. Sun’iy intellekt;

4. Sistemali analiz;

5. Kompyuter grafikasi;

6. Telekommunikatsiya (lokal);

7. Amaliy ilovalar.

Informatika fani, model, algoritm va dasturlashtirish shularga tayanib, informatika yoki

axborot so’zi “tushuntirish” tavsiflash degan ma’noni anglatadi. U 3 ta sifatga ega bo’lishi shart.

1. Axborot o’rganilayotgan narsa yoki xodisani har taraflama to’liq ifodalash kerak yoki axborot

to’liqlik sifatiga ega bo’lishi kerak.

2. Axborot ma’lum ma’noda qimmatli bo’lishi kerak.

3. Axborot ishonchli bo’lishi lozim.

Informatika axborotlar ustida bajariladigan amallar va ularni qo’llash usullarini o’rganadigan

fandir.

Demak, axborotlarni qayta ishlovchi qurilma kompyuterdir.

Umuman hisoblash texnikasi ishlatilayotgan sohalarda, sezgi a’zolari yordamida bevosita yoki

bilvosita (uskunalar) yordamida qabul qilingan ma’lumotga axborot (informatsiya) deyiladi.

7

1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish

va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish to’g’risidagi» farmoni qachon

qabul qilingan?

a) 2002 yil 12 dekabr

b) 2001 yil 23 mayda

c) 2002 yil 30 mayda

d) 2004 yil 29 aprelda

2. 1 Kilobayt necha baytdan iborat?

a) 1024 bayt

b) 8 bayt

c) 256 bayt

d) 512 bayt

3. 1 Megabayt necha kilobaytni tashkil qiladi? a) 1024 Kbayt

b) 8 Kbayt

c) 256 Kbayt

d) 512 Kbayt

4.1 bayt necha bitdan iborat?

a) 8

b) 1024

c) 256

d) 2

O’ZINI-O’ZI NAZORAT QILISH UCHUN TEST

SAVOLLARI

Здесь пока нет комментариев
Это только предварительный просмотр
3 стр. на 7 стр.