Охлаждение трансформатора, Papers of Electric Machines

Обслуживание на трансформатора

Typology: Papers

2019/2020

Uploaded on 06/07/2020

jamol-abdullayev
jamol-abdullayev 🇺🇿

1 document

1 / 8

Toggle sidebar

This page cannot be seen from the preview

Don't miss anything!

bg1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI OLMALIQ FILIALI
<<_________E E _______________>> kafedrasi
<<Elektr mashinalari va transformatorlarning
ekspluatatsiyasi>> fanidan
MUSTAQIL ISH
Bajardi : 33-16 EEE guruh talabasi Abdullayev J.
Qabul qildi: G’aniyev S.
pf3
pf4
pf5
pf8

Partial preview of the text

Download Охлаждение трансформатора and more Papers Electric Machines in PDF only on Docsity!

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI OLMALIQ FILIALI

<<_________E E _______________>> kafedrasi

<<Elektr mashinalari va transformatorlarning

ekspluatatsiyasi>> fanidan

MUSTAQIL ISH

Bajardi : 33-16 EEE guruh talabasi Abdullayev J. Qabul qildi: G’aniyev S.

6- mavzu : Transformatorlar va avtotransformatorlar sovutish

sistemasiga xizmat ko’rsatish.

Reja

1. Texnik xizmat ko’rsatish turlari

2. Transformatorning montaj ishlarini olib borish tartibi

3. Adabiyotlar

 Podshipniklarni moylash  Elektr dvigatellarning izolyatsiya qarshiligini tekshirish Ц – sovutish tipida trubalar va suv kameralari loy va boshqa iflosliklardan tozalanadi. sovutish tizimining Elektr dvigatellari ta’minot sxemasi va AVR ning holati grafik bo’yicha 1 oyda kamida bir marta tekshiriladi. sovutish tizimi ishining umumiy samaradorligi transformator moyining yuqori qatlamidagi haroratga ko’ra baholanadi. Soz holatdagi sovutish tizimida moyning maksimal temperaturasi quyidagicha bo’lishi kerak : M va Д tipi uchun 95 °C ДЦ - tipi uchun : 250 MVA gacha quvvatda 80 °C, 250 MVA dan katta quvvatlarda 75 °C Ц- tipi uchun 70 °C. Moyning bu maksimal haroratlari transformator nominal yuklama bilan ishlaganda bak qopqog’I ostidagi moy harorati olinadi. nominal yuklama bilan ishlash muddatlari quyidagicha : M va Д – tipi uchun 10-12 soat ДЦ- tipi uchun 6-8 soat Bunda atrof-muhit harorati o’zgarmas va 40 C holat nazarda tutilgan. Nominal yuklama bilan ishlaganda yuqori qatlamlardagi moy harorati kamdan kam holatlarda maksimal haroratgacha ko’tariladi. Moy haroratining me’yoridan oshish sabablari quyidagilar bo’lishi mumkin : M va Д –tip uchun : tip uchun : radiatorlardagi kranlarning yopiqligi yoki to’liq ochilmaganligi; radiatorlarni moy bilan to’ldirish vaqtida radiatorning yuqori kollektorlarian havoning chiqarib yuborilmaganligi ; radiatorlar tashqi yuzasining kuchli ifloslanishi. Д –tip uchun : tip uchun : hamma ventilyatorlarning ishlamayotgani ; ventilyatorlarning parraklari teskari tomonga aylanayotgan bo’lishi mumkin.

ДЦ –tip uchun : tip uchun : nasosning ishchi g’ildiragi teskari tomonga aylanayotgan bo’lishi mumkin ; ishchi ventilyatorlarning soni yetarli emasligi ; ventilyatorlarning parraklari teskari tomonga aylanayotgan bo’lishi mumkin ; sovutgich trubalari tashqi yuzasining kuchli ifloslanishi. Agar ko’rikdan biror nosozlik aniqlanmasa , u holda moyning ortiqcha qizishiga transformatorning o’zidagi nosozliklar sabab bo’lishi mumkin. 1-rasm. Radiator qurilmasi uchun ventilyatorning o’rnatilishi : 1- Bak devori 2- Ventilyatorning dvigateli 3- Tortib turuvchi rastyajka 4- Kronshteyn Moy va suv bilan sovutiladigan transformatorlarda sovutish tizimi transformator yoqilgandn so’ng ishga tushiriladi, bunda avval moy nasosi ishga tushiriladi va moyning sovutgichdagi sirkulyatsiyasi tekshiriladi so’ngra sovutuvchi suv oqimi beriladi va moy bilan suv bosimlari tekshiriladi. Zarur hollarda bosim rostlanadi. Moy-suvli sovutish sistemasini o’chirish transformator o’chirilgandan so’ng amalga oshiriladi : avval moysovutgichdagi suvning oqimi to’xtatiladi so’ngra esa moy nasosi o’chiriladi.

2.Yig’ish va o’rnatish. Transformatorni o’rnatishdan oldin yig’ish ishlari radiator, kengaytirgich, gaz relesi,moy sathi relesining montajidan boshlanadi. Yigilgan transformator g’ildirakli karetka yoki fundamentga o’rnatiladi. Transformatorni o’z joyiga o’rnatish uchun kran,lebedka,polispast, va domkratlardan foydalaniladi. Transformator o’rnatilgach shinalar, kabel yoki simlar ulanadi va zazemleniya o’rnatiladi.

3. Moy quyish. Zavoddan keltirilgan transformatorga faqat ПУЭ talablariga javob beradigan yangi moy quyiladi. Moysiz holatda keltirilgan transformatorni yig’ishdan oldin kengaytirgich bak va sovitish tiziminig barcha elementlari quruq yo’l bilan- issiq transformator moyi bilan yuviladi. Moy blan keltirilgan transformatorni to’ldirish kengaytirgich bak orqali amalga oshiriladi. Moy quyish tezligi 3 t/soat dan oshmasligi kerak.Moy quyish uchun ishlatiladigan moy o’tkazgichlari tozalangan va moy bilan yuvilgan bo’lishi kerak. To’ldirilayotgan moyning harorati bakdagi moyning haroratidan 5 ° C dan ortiqqa farq qilmasligi kerak. Moy barcha chulg’amlarni ko’mgunga qadar uzmasdan quyiladi.. Moy quyib bo’lingach havo chiqaradigan tiqinlar ochiladi va havo chiqarb yuboriladi. Agar 12 soatdan so’ng moy sathi ruxsat etilgandan pastga tushsa ustiga yana moy quyiladi. 4.Sinash va yoqish. Transformatorni sinashda uning barcha parametrlari tekshiriladi. Uning chulg’am izolyatsiyasi holati va uning mustahkamligi sanoat chastotasidagi yuqori kuchlanish bilan tekshirib ko’riladi. - Transformatsiya koefitsiyenti - Ulanish guruhlari - Sovitish tizimi holati tekshiriladi. - Chulg’am qarshiligi o’zgarmas tok berib tekshiriladi - Salt ishlash toki va isrofi aniqlanadi. - Radiator va bak gidravlik bosim bilan tekshiriladi. Transformatorni yoqish unga ohirgi moy quyishdan kamida 12 soat o’tib amalga oshiriladi. Sinov uchun yoqib ko'rish kamida 30 minut davom etadi. Barcha natijalar qoniqarli bo’lganda transformator yuklama ostida ishga tushiriladi va ekspluatatsiyaga ishga tushiriladi.

ADABIYOTLAR

**1. “Kon uskunalarini ta’mirlash texnologiyasi” fanidan o’quv uslubiy majmua Olmaliq-

  1. В.И.Грубова ВВКалинин** монтаж и эксплуатация электроустановок **Москва-
  2. Ю.Д.Сибикин. Монтаж эксплуатация и ремонт электрооборудования** промышлинних предприятий и установок **Москва-
  3. Internet maqolalari**  www.rem-trans.ruwww.nglib.ruwww.stroy-spravka.ruwww.assistentus.ru