information communication, Schemes and Mind Maps of Computer science

information communication noutbook

Typology: Schemes and Mind Maps

2022/2023

Uploaded on 11/13/2023

sardor-qurbanov
sardor-qurbanov 🇺🇿

2 documents

1 / 181

Toggle sidebar

This page cannot be seen from the preview

Don't miss anything!

bg1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
TURIZM VA IQTISODIYOT FAKULTETI
«TURIZM» KAFEDRASI
«EKSKURSIYA XIZMATINI TASHKIL QILISH»
FANIDAN
O`QUV-USLUBIY MAJMUA
Bakalavriat yo`nalishlari:
Bilim sohasi:
600 000
Xizmatlar sohasi
Ta’lim sohasi:
610 000
Xizmat ko`rsatish sohasi
Mutaxassislik:
5610300
Turizm (xalqaro va ichki turizm)
5610200
- Mehmonxona xo'jaligini tashkil etish va
boshqarish
pf3
pf4
pf5
pf8
pf9
pfa
pfd
pfe
pff
pf12
pf13
pf14
pf15
pf16
pf17
pf18
pf19
pf1a
pf1b
pf1c
pf1d
pf1e
pf1f
pf20
pf21
pf22
pf23
pf24
pf25
pf26
pf27
pf28
pf29
pf2a
pf2b
pf2c
pf2d
pf2e
pf2f
pf30
pf31
pf32
pf33
pf34
pf35
pf36
pf37
pf38
pf39
pf3a
pf3b
pf3c
pf3d
pf3e
pf3f
pf40
pf41
pf42
pf43
pf44
pf45
pf46
pf47
pf48
pf49
pf4a
pf4b
pf4c
pf4d
pf4e
pf4f
pf50
pf51
pf52
pf53
pf54
pf55
pf56
pf57
pf58
pf59
pf5a
pf5b
pf5c
pf5d
pf5e
pf5f
pf60
pf61
pf62
pf63
pf64

Partial preview of the text

Download information communication and more Schemes and Mind Maps Computer science in PDF only on Docsity!

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM

VAZIRLIGI

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI

TURIZM VA IQTISODIYOT FAKULTETI

«TURIZM» KAFEDRASI

«EKSKURSIYA XIZMATINI TASHKIL QILISH»

FANIDAN

O`QUV-USLUBIY MAJMUA

Bakalavriat yo`nalishlari:

Bilim sohasi: 600 000 – Xizmatlar sohasi

Ta’lim sohasi: 610 000 – Xizmat ko`rsatish sohasi

Mutaxassislik: 5610300 – Turizm (xalqaro va ichki turizm)

5610200 - Mehmonxona xo'jaligini tashkil etish va boshqarish

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI

TURIZM VA IQTISODIYOT FAKULTETI

«TURIZM» KAFEDRASI

“TASDIQLAYMAN”

O’quv ishlari bo’yicha prorektor

_________dots. S.U. Xodjaniyazov


«____» _________ 201 8 y.

« EKSKURSIYA XIZMATINI TASHKIL QILISH »

FANIDAN

O`QUV- USLUBIY MAJMUA

Bilim sohasi: 600 000 – Xizmatlar sohasi

Ta’lim sohasi: 610 000 – Xizmat ko`rsatish sohasi

Mutaxassislik: 5610300 –^ Turizm (xalqaro va ichki turizm)

5610200 - Mehmonxona xo'jaligini tashkil etish va boshqarish

URGANCH – 2018

MUNDARIJA

Kirish …………………………………………………………………..............

**1. Maruza mashg’ulot mavzulari……………………………………………..

  1. Amaliy mashg`ulot mavzulari…………………………………………...…
  2. Mustaqil ta`lim mavzulari……………………………………………….....
  3. Glossariy………………………………………………………….…..….......
  4. Ilovalar……………….………………………………..…….………..….......**

5.1. Namunaviy dastur……………………………………………….......…....

5.2. Ishchi dastur…………………………………………………………........

5.3. Testlar………………..……………………………………….…..…..........

5.4. Nazorat savollari…………………………………………………………..

KIRISH

Respublikamizda turizm sohasini rivojlantirish uchun barcha zarur manbalar mavjud. Buyuk Ipak yo‘li ustida joylashgan Vatanimiz qulay tabiiy-iqlim sharoitlariga, boy tarixiy, madaniy merosga va ayni paytda ham ichki va ham xalqaro turizmni rivojlantirish uchun yuqori salohiyatga ega. Mamlakatni modernizatsiya qilish sharoitida turizm va mehmondo‘stlik sohasidagi yechimini kutib turgan masalalardan biri malakaviy talablarga javob bera oladigan kadrlarni tayyorlashdir. Turizm sohasida ekskursiya xizmati asosiy xizmatlardan biri hisoblanadi. Tashrif buyurgan turist eng avvalo mamlakatning tarixi, madaniyati, ijtimoiy hayoti, tabiiy resurslari bilan tanishishni, tomosha qilishni xohlaydi. Ekskursiya xizmati o‘zining ko‘rgazmaliligi, mazmundorligi, hissiyotliligi bilan ekskursantlarning ma’naviy dunyoqarashi shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. «Ekskursiya xizmatini tashkil qilish» fani «Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)» va «Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish» yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun mutaxassislik fani sifatida ahamiyatlidir. Ushbu kursdan talabalar turizm sohasida ekskursiya xizmatlarini sifatli tashkil qilish haqida zaruriy ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. «Ekskursiya xizmatini tashkil qilish» fanini o‘qitishdan maqsad - talabalarni mamlakatimizning boy tarixiy merosi, ekologik-rekreatsion hududlari, ishlab- chiqarish ob’ektlari, ziyoratgohlarida sifatli, xavfsiz ekskursiya xizmatlarini tashkil etish hamda, ulardan turizm sohasida samarali foydalanish bo‘yicha bilimlar berishdir. Shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, fan bo‘yicha hozirda lotin alifbosida darslik va o‘quv qo‘llanmalarning yetishmasligini hisobga olgan holda va turizm ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Respublikada tayanch oliy dargoh bo‘lganligi tufayli, mualliflar tomonidan tayyorlangan ushbu o‘quv qo‘llanma ekskursiya xizmatini tashkil qilishni o‘qitishda boshqa oliy o‘quv yurtlari va turizm kollejlari talabalariga yaqindan yordam beradi degan fikrdamiz.

 Ekskursiya xizmatida ekskursantlarning xavfsizligini ta’minlash;  Ekskursiya xizmatida birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatish qoidasini o‘rgatish.

1.2. Ekskursiyaning mazmuni va mohiyati

«Ekskursiya» tushunchasi yunoncha «excursio» so‘zidan olingan bo‘lib, «sayohatga chiqish, sayr qilish» degan ma’noni anglatadi. «Ekskursiya» tushunchasiga eng birinchi ta’rifni V.Dal (1882y) quyidagicha bergan: «ekskursiya

  • bu sayr-tomosha, biror nimani izlash, o‘simliklar yig‘ishdir». Rossiyalik olim M. P. Ansiferov (1923 y) «ekskursiya - bu sayr bo‘lib, uning vazifasi aniq ma’lumotlar asosida mavzuni o‘rganishdir», degan fikrni keltirib o’tgan. Kichik sovet ensiklopediyasida (1931y) «ekskursiya – bu ma’lum bir joylarda, sanoat korxonalarida, sovxoz, muzeylarda va boshqa joylarda ilmiy va ta’limiy maqsadlarda jamoaviy tashrif buyurishdir» - deb ta’rif berilgan. Katta sovet ensiklopediyasida (1978y) «ekskursiya – bu diqqatga sazovor ob’ektlarga (madaniy yodgorliklar, muzeylar, korxonalar, joylar va sh. k) tashrif buyurish, bilim olishning shakli va metodi bo‘lib, odatda mutaxassis- gid rahbarligida jamoaviy o‘tkaziladi»-deb ta’rif berilgan. Ekskursiya tushunchasini tahlil qilganda ekskursiya xizmatining ob’ektiv talablardan iboratligini e’tiborga olishimiz kerak bo‘ladi. Har bir ekskursiya o‘ziga xos faol jarayon bo‘lib, uning mohiyati ma’lum qonuniyatlar (mavzuiyligi, maqsadliligi, ko‘rgazmaliligi, hissiyotliligi, faolligi va sh.k.) bilan asoslanadi. Ekskursiya xizmati oldida turgan vazifalari quyidagicha namoyon bo‘lishi mumkin:

1.1-rasm. Ekskursiya xizmati jarayoni va vazifalari

Demak, ekskursiya xizmati - bu tarixiy va madaniy yodgorliklar, tabiat manzaralari, ishlab chiqarish korxonalari va boshqa diqqatga sazovor joylarni ko‘rsatish, hikoya qilish jarayonini uslubiy jihatdan tashkil qilishdir. Ushbu jarayonda ekskursantlar ko‘z oldidagi ob’ektlar, ular bilan bog‘liq voqea-hodisalar malakali mutaxassis-gid tomonidan hikoya va tahlil qilinadi. Ekskursiya xizmatida gid ekskursantlarga mavzuni yoritishga yordam beruvchi ob’ektlarni ko‘rishga (birinchi vazifa), ushbu ob’ektlar haqida zaruriy ma’lumotlarni olishga (ikkinchi vazifa), tarixiy voqeaning mohiyatini his etishga (uchinchi vazifa), ekskursiya ob’ektlarini mustaqil kuzatish va tahlil qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lishga (to‘rtinchi vazifa) yordam beradi. So‘nggi vazifani bajarishda ekskursantlarda ob’ektlarni to‘g‘ri ko‘rish qobiliyatini shakllantira olish

Gid Ekskursantlar

Ko‘radi Eshitadi His qiladi Ko‘nikmaga ega bo‘ladi

katta o‘rinni egallaydi. Ob’ektlarni to‘g‘ri ko‘ra olish qobiliyati deganda estetik qabul sifatida me’morchilik massalari, ranglari, har xil turdagi chiziqlar, jismlar guruhini, ranglar jilosini, chiziqlar va ularning kompleksini yorug‘lik, ma’lum burchak ostida ko‘rish, qabul qilish tushuniladi. Ob’ektlardagi tarixiy jozibadorlikni anglay olish quyidagilarda namoyon bo‘ladi: birinchidan, ekskursiya ob’ektidagi tarixiy-madaniy o‘ziga xoslikni topa olish; ikkinchidan, ekskursiya ob’ektida turli davrlardan qolgan izlarni aniqlay olish; uchinchidan, monumental va muzey-tarixiy yodgorliklaridan tarixiy faktlarni topa olishdir. Bu jarayon har doim katta bilim va ko‘nikmani talab qiladi. Ekskursiya ma’lumotlari va ularni hikoya qilishda gidning malakaviyligi ekskursantlarning kerakli xulosaga kelishi imkonini beradi. Bu haqda rossiyalik pedagog A.V. Bakushinskiy shunday degan: «Ekskursiya rejasi, vazifasi, maqsadi bilan asoslangan materialning uslubiy ishlanmasi qatnashchilarga mustaqil his qilish, qabul qilish va baholash ko‘nikmalarini uyg‘otishi kerak». Ekskursiya xizmatining vazifalaridan biri – ekskursantlar ongida ekskursiya mavzusi, tarixiy shaxslar hayoti, voqealar, faktlar va umuman ekskursiya ma’lumotiga bo‘lgan munosabatni va mustaqil baho berishni shakllantirishdir. Baho berish - bu biror kim yoki narsa haqida tasavvurga ega bo‘lish, uning mohiyati, fe‘l-atvori, rolini aniqlash, kimningdir ijobiy sifatlari va ustunliklarini tan olishdir. Ekskursiya xizmatini baholash degani gidning ko‘rsatmalari yordamida ekskursantlarning mavzu bo‘yicha yakuniy xulosaga kelishidir. Ekskursiya xizmatiga munosabat - bu ekskursiya xizmati mavzusida yoritiladigan tarixiy davrga nisbatan ekskursantning aniq bir qarashlari; biror-bir harakatlarni his etishi, yozuvchi yoki rassom o‘z asarini yaratganida uning kayfiyatini tushunishdir. Adabiy asarlarga qo‘yilgan talablar kabi ekskursiya ham aniq muallifning asari sifatida o‘z syujetiga ega bo‘lib, barcha ekskursiya materiallari unga bo‘ysunadi. Ekskursiya xizmati o‘z vazifasi va o‘tkazish shakliga ko‘ra yo‘l-yo‘lakay olib boriladigan ekskursiya axboroti yoki turistik poxodlardagi instruktor suhbatlaridan ko‘ra murakkabroq jarayondir. Mavzuli ekskursiya xizmati shahar ko‘rgazmali ekskursiyasidan o‘zining tarkibi, mazmuni, uslub jihatidan murakkabligi bilan farqlanadi. Ekskursiyaning rivojlanish yo‘li uning mazmun jihatidan o‘zgarishi bilan bog‘liqdir. Avvallari ekskursiya shifobaxsh o‘simliklarni izlab topish maqsadidagi sayr deyilgan, keyinchalik unga masalan, o‘lkashunoslik muzeylariga namunalar yig‘ish kabi ilmiy maqsadlar qo‘yilgan. Mustaqil ta’limning yangi shakllarini izlash jarayoni ekskursiya xizmati oldida umumta’limiy maqsadlarni belgiladi. Tarbiyaviy ishlarni samaraliroq tashkillashtirish harakatlari ekskursiya xizmatini madaniy-ta’limiy ishlarning biriga aylantirdi. Hozirda ekskursiya xizmati individual metodika sifatida tugallangan, maqsadli, o‘ziga xos funksiya va xususiyatlarga ega bo‘ldi. U mazmuni, o‘tkazish shakli, ma’lumotlarni taqdim etish uslubi jihatidan ahamiyatli darajada boyidi va g‘oyaviy-tarbiyaviy, madaniy-ommaviy ishlarning ajralmas qismi sifatida

Insonlarning kundalik faoliyatida ikki xil muloqot shaklini uchratish mumkin: bevosita muloqot va bilvosita muloqot. Bevosita muloqot shakliga - suhbat, ma’ruza, dars, diskussiya, miting, telefon, ekskursiya xizmati va shu kabilar kiradi. Bunday muloqot jarayonida insonlarda hissiyotlar, kayfiyatlar, fikrlarning umumiyligi shakllanadi, bir-birini tushunishga erishiladi, axborot o‘rganiladi, o‘zaro aloqa mustahkamlanadi. Bilvosita muloqot shakli - gazeta, jurnal, kitob o‘qish, radio, televizor eshitish orqali yuzaga keladi. Bunday muloqot jarayonida bevosita muloqot jarayoni kabi olingan axborotga sub’ekt reaksiyasini ko‘rsatadigan teskari aloqa mavjud bo‘lmaydi. Ekskursiya jarayoni bevosita muloqot shakli sifatida gid va ekskursantning hamkorlikdagi faoliyati bo‘lib, ularning o‘zaro fikr almashuvi va harakatlarini nazarda tutadi. Insonlarga katta hajmdagi axborotlarni olish imkoniyatini beradi, fikrlash qobiliyatini shakllantiradi. Ekskursiya xizmatidagi muloqot jarayonida guruhdagi individning harakatidagi birdamlikka, hissiy bir-birini tushunishiga, kayfiyat, fikrlar, qarashlar umumiyligining shakllanishiga erishiladi. Ekskursiya jarayoni qatnashuvchilari muloqotini ruhiy-axborot muloqot turi, sub’ektlar va ob’ektlar o‘rtasidagi ikki xil munosabatlar shaklining uyg‘unlashuviga kiritishimiz maqsadga muvofiqdir. Gidga psixologiya va pedagogika sohalaridan bilimlarning mavjudligi ekskursiya xizmatini to‘g‘ri tashkil qilishga yordam beradi. Gid va ekskursantlar o‘rtasida to‘g‘ri tashkil etilgan o‘zaro muloqoti ekskursiya kabi pedagogik jarayonning negizidir. Kommunikativ komponent gid kasbiy mahoratining asosiy qismidir. Ekskursiya xizmatining samaradorligi nafaqat gidning mavzu bo‘yicha bilimi, uni auditoriyaga yetkazish uslubiga balki, ekskursantlar, boshqa mutaxassislar, haydovchi bilan o‘zaro muloqotiga ham bog‘liqdir. Auditoriya bilan muloqotda hushyorlik, dialog o‘rnata olish kabi xususiyatlar ham muhimdir. Ekskursiya muassasasi rahbarlari ekskursiya xizmatida gidning roliga katta e’tibor berib, uning yutuqlari bilan birga kamchiliklarini ham tahlil qilishadi. Ekskursiya jarayonida ekskursantlarning faolligini oshirish maqsadida gid turli variantlarni qo‘llashi kerak bo‘ladi. Agarda u hikoyani kengroq yoritsa, ma’ruzachiga aylanib qoladi, bu esa ko‘rgan va eshitganlarni his qilishda gidning rolini susaytiradi. Gid ma’lumotlarga urg‘u berayotganida, ekskursant diqqatini aniq yo‘naltirib, uni fikrlashga, taqqoslashga, baholashga, xulosa qilishga undasagina jarayon samarali bo‘ladi. Amaliyotda ekskursiya xizmatini turli nuqtai nazarda(aspekt) ko‘rib chiqish mumkin:  ta’lim va tarbiyaning mustaqil shakli sifatida;  ommaviy auditoriya bilan ishlashning shakli sifatida;  madaniy hordiqni, tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish shakli sifatida;  epizodik tadbir, mavzuli siklning bir qismi, bilishning bir pog‘onasi sifatida;  ilmiy bilimlarni tarqatish shakli, g‘oyaviy tarbiya sifatida;

 tarbiyaviy yo‘nalishning bir turi sifatida (vatanparvarlik, mehnatsevarlik, estetik) shuningdek, har tomonlama mukammal shaxsni shakllantirish jarayonining bir qismi sifatida;  madaniy-tarbiyaviy ishlarning mutloq shakli va tashkillashtirilgan turizmning ajralmas qismi sifatida. Ekskursiya xizmati bir tomondan bilim bersa, ikkinchi tomondan ekskursantlarga san’at asarlari, tabiat hodisalari, turli soha vakillari hayoti bilan tanishish, ob’ektlarni to‘g‘ri ko‘rish mahoratini rivojlantiradi.

1.4. Ekskursiya xizmati pedagogik jarayon sifatida

Gid faoliyatida pedagogika muhim o‘rinni egallaydi. Pedagogika – bu o‘sib kelayotgan avlodni o‘qitish, ta’lim va tarbiyalaning qonuniyatlari to‘g‘risidagi fandir. Har bir ekskursiya jarayoni insonga tabiat, jamiyat, tarixiy voqealar, tabiiy hodisalar haqida yangi bilimlarni beradi, ya’ni u ta’lim jarayonining bir qismidir. Gidning ekskursantlar bilan muloqoti, uning tavsiyalari, ko‘rsatmalari tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatadi. O‘rganilayotgan ma’lumotlar ularning ongini ma’naviy va estetik boyitadi. Shunday qilib, ekskursiya xizmati pedagogik jarayonning bir qismi bo‘lib, insonga ta’lim, tarbiya beradi, dunyoqarashini shakllantiradi. Pedagogik ekskursiya jarayoni didaktik tamoyillarga asoslangan bo‘lib, ekskursantlar ta’limining mazmuni, tashkiliy masalalari va uslubini belgilaydi. Bularga ilmiylik, g‘oyaviylik, hayot bilan bog‘liqlik, tizimlilik, oddiylik, foydalilik va ishonuvchanlik tamoyillari kiradi. Ekskursiya xizmati madaniy-ta’limiy ishlarning shakli sifatida alohida ahamiyatga ega. Maktablarda ekskursiya dars va ma’ruza kabi umumta’limiy faoliyat turiga bo‘ysunadi. O‘quv jarayonida ekskursiya ta’lim shakli sifatida ushbu jarayonning boshqa shakllaridan ahamiyatiga ko‘ra farq qilmaydi, ammo nafaqat o‘quv maqsadlaridagi ekskursiya, balki boshqa ekskursiyalar ham o‘z vazifalari va ishtirokchilarga ta’siriga ko‘ra pedagogik jarayon hisoblanadi. Barcha pedagogik jarayonlarda bo‘lgani kabi ekskursiya xizmatida ham ikki tomon ishtirok etadi: o‘rgatuvchi-gid va o‘rganuvchi-ekskursant. Gid ma’lum bir mavzu bo‘yicha bilimlarni beradi, ekskursantlar esa uni qabul qilishadi. Ushbu ikki tomonning o‘zaro harakati pedagogik jarayonning asosi hisoblanadi. Ekskursantlar bilan o‘zaro munosabatda gid pedagogik ta’sir ko‘rsatish usullarini qo‘llaydi. Gid kasbiy malakasining tarkibiy qismini pedagogik mahorat, pedagogik san’at tashkil etadi. Gidning pedagogik mahoratiga quyidagilarni kiritish mumkin:  mutaxassislik bo‘yicha yetarlicha bilim;  tahlil qilish, obrazli fikrlash qobiliyati;  ekskursant ruhiyatini tushunish;  guruhni boshqara olish;  pedagogik texnika sohasidan bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lish;  intuitsiya;  ekskursant shaxsiyatini hurmat qilish;

  1. Nima uchun ekskursiya xizmati pedagogik jarayon sifatida ko‘riladi?

Amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun topshiriqlar: Topshiriqlarni kichik guruhlarga bo‘lingan holda bajaring. O‘zingiz yashab kelayotgan shaharda (tumanda) qanday diqqatga sazovor joylar borligini aniqlang. Qanday mavzularda ushbu joyga (ob’ektga) ekskursiya xizmatini tashkil qilish mumkin?

2 - MAVZU. EKSKURSIYA XIZMATINING FUNKSIYALARI,

XUSUSIYATLARI VA EKSKURSIYA XIZMATINI TASNIFLASH

Reja 2.1. Ekskursiya xizmatining asosiy funksiyalari 2.2. Ekskursiya xizmatining xususiyatlari 2.3. Ekskursiya xizmatini tasniflash

2.1. Ekskursiya xizmatining asosiy funksiyalari

Funksiya – biror bir ob’ektning tashqi namoyon bo‘lishi, muassasa, korxonaning ishlash shaklidir. «Funksiya» so‘zi lotinchadan olingan bo’lib, «bajarish, amalga oshirish, faoliyat doirasi, ma’suliyat, rol» degan ma’nolarni o’zida mujassamlashtiradi. Ekskursiya xizmatining funksiyalarini uning bosh xossalari sifatida quyidagilarni ko‘rib chiqishimiz mumkin:

2.1. rasm. Ekskursiya xizmatining asosiy funksiyalari

Ilmiy-targ‘ibot funksiyasi****. Ekskursiya xizmati ekskursantlarda siyosiy, falsafiy, ilmiy, badiiy qarashlar, g‘oyalar, nazariyalarning shakllanishiga yordam beradi. Targ‘ibot funksiyasini bajarishda ekskursiya xizmati aniq yo‘nalishga ega bo‘lishi kerak. Uning negizida targ‘ibot, ilmiylik, g‘oyaviylik, hayot bilan bog‘liqlik, daromadlilik va ishonarlilik tamoyillari turadi. Bu tamoyillar targ‘ibot mohiyatini, undagi asosiy maqsadni ajratishga imkon beradi, shuning uchun ularni o‘zaro bog‘liqlikda ko‘rib chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Ilmiylik tamoyili – ta’lim va tarbiyaning shakli sifatida ekskursiya xizmatining muhim xususiyati ilmiylikdir, ya’ni ilmiy bilimlarni tarqatish ekskursiyaning vazifasidir. Ekskursiya xizmati mazmuni zamonaviy fanlarning aniq bo‘limiga muvofiq ravishda bayon etilishi, dunyoqarashni shakllanishiga yordam berishi kerak. Faktlar, voqealar, nazariy holatlar ilmiy talqinda berilib, qaysi zamonaviy fanga taaluqli bo‘lsa, o‘sha fan sohasidagi yutuqlarni hisobga olgan holda yoritiladi. Faktlar va voqealar ob’ektiv ilmiy baholanishi lozim. G‘oyaviylik tamoyili. G‘oya bu qo‘yilgan maqsadga erishish uchun aniq harakatlar rejasidir. G‘oyaviylikni aniq bir g‘oyalar tizimiga ongli bog‘liqlik sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Aniq faktlarga asoslangan g‘oya materiallariga ob’ektiv yondashuv va gidning ishontirish qobiliyati g‘oyaviylik tamoyilining mazmunidir. Har bir ekskursiya xizmati ushbu tamoyillarni hisobga olgan holda tayyorlanishi, matnlar va uslubiy ishlanmalar kabi hujjatlar tuzilishi muhimdir. Gid o‘zining hikoyasini ilmiy nazariya asosida tuzishi, shaxsiy g‘oyaviy ishonchni ketma-ket yoritishi maqsadga muvofiqdir. Gid hikoyasidagi, ob’ektlar tahlilida nafaqat uning bilimdonligi, balki faol hayotiy qarashlari ham namoyon bo‘ladi. G‘oyaviy gid o‘z faoliyatida va barcha harakatlarida aniq tamoyillarga asoslanuvchi mutaxassisdir. Nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligi tamoyili. Ekskursiya xizmati ma’lumotlari hayotga, haqiqatga, mamlakatimizdagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy bunyodkorlik ishlariga va boshqa o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lishi kerak. Haqqoniy

EKSKURSIYA XIZMATI

Ilmiy targ‘ibot (^) Axborot

Madaniy hordiqni tashkil etish

Qiziqishlarni shakllantirish

Madaniy dunyoqarashni kengaytirish

qondiradi va shakllanishini ta’minlaydi. O‘tgan asrning 20 yillarida ekskursionist olimlar ekskursiya xizmatini dam olish sifatida emas, balki ekskursantlardan ko‘pgina kuch-quvvat talab etuvchi aqliy mehnatga qiyoslashgan. Ekskursiya xizmatidagi bilimlarning tizimliligi, sayr qilish, qiziqishga qarab tanlash imkoniyatining mavjudligi ushbu xizmatni insonlarning ommabop mashg‘ulotiga aylantirdi. Ekskursiya xizmatini ishdan ajralmagan o‘qish shakliga ham qiyoslash mumkin. Madaniy – texnik dunyoqarashni kengaytirish funksiyasi. Har bir ekskursiya xizmati inson dunyoqarashini kengaytiradi. Uning qatnashchilari tarix, san’at, me’morchilik, adabiyot, iqtisodiyot va boshqa sohalardan bilim oladilar. Ekskursiya xizmati ekskursantlarning yozma manbalardan, maktab dasturlaridan, ma’ruzalardan olgan bilimlariga aniqlik kiritish imkonini beradi. Ekskursiya xizmati bu-bir necha madaniy-tarbiyaviy ishlar shaklining sintezidir. Unga mavzuli tahlangan va uslubiy tasdiqlangan qismlar sifatida quyidagilarni kiritish mumkin:  badiiy filmlardan parchalar, ilmiy – ommabop yoki xronologik – hujjatli filmlar;  voqea qatnashchilari yoki guvohlarining hikoyalari;  ishlab chiqarish mavzusidagi ekskursiya xizmatlarida sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari rahbarlari, injener – texnik xodimlari, ilg‘or ishchilari bilan uchrashuv;  bastakorlar, artistlar, musiqachilar ijodi va hayotiga bag‘ishlangan musiqali asarlarni tinglash;  tarixiy mavzudagi ekskursiyalarda davlat va jamoat vakillari chiqishlarini ko‘rish va shu k. Qiziqishlarni shakllantirish funksiyasi****. Ekskursiya xizmatining asosiy vazifasi ekskursantlarga bilimlarni berish va aniq bilimlar sohasidan ularga qiziqish uyg‘otishdir. Adabiy mavzudagi ekskursiya xizmatida ishtirok etib, ekskursantlar keyinchalik aniq bir yozuvchi ijodiyotiga qiziqa boshlaydilar, amaliy san’at, adabiy ijodiyot bo‘yicha kitoblar o‘qiydilar, muzeylarga, boshqa ekskursiyalarga boradilar. Ekskursiya xizmati ko‘pchilik insonlar uchun o‘z ustida ishlashning boshlang‘ich pog‘onasi bo‘lishi mumkin. Har bir ekskursiya xizmati qaysi guruhga o‘tkazilishiga qarab, bir vaqtning o‘zida bir nechta funksiyani bajaradi. Masalan, bolalar va yoshlar uchun bu ma’naviy dunyoqarashni kengaytirish funksiyasi; kasb tanlayotgan o‘smirlar uchun qiziqishlarni shakllantirish funksiyasi; xorijiy turistlar uchun axborot funksiyasini bajaradi. 2.2. Ekskursiya xizmatining xususiyatlari Xususiyat deb, predmet va hodisalarni o‘zaro o‘xshashligi yoki bir-biridan farq qilishiga aytiladi, ya’ni shunday aniq xususiyatlarki, predmet, hodisa, madaniy- ma’rifiy ishlar shakli ularsiz mavjud bo‘lmaydi. Ekskursiya xizmatining boshqa madaniy – ma’rifiy ishlar shakli kabi tashkiliy va uslubiy jihatdan o‘ziga xosligi mavjud. Ushbu xususiyatlar ekskursiya xizmatini boshqa madaniy – ma’rifiy ishlar bilan o‘xshashligi yoki muayyan farqini ko‘rsatadi.

Ekskursiya xizmatining umumiy xususiyatlariga quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:  davomiyligi (bir akademik soatdan (45 daqiqa) bir sutkagacha);  ekskursantlarning mavjudligi (guruh yoki yakka);  ekskursiya rahbari- gidning mavjudligi;  ko‘rgazmaliligi, tomoshabin qabul qilishi, ekskursiya ob’ektlarining mavjudligi;  guruh harakatlanadigan oldindan tuzilgan ekskursiya marshrutining mavjudligi;  ob’ektlar namoyishining maqsadliligi, aniq mavzuning mavjudligi;  guruhning faolligi (kuzatuv, o‘rganish, ob’ektlarni tadqiq qilish). Yuqorida sanab o‘tilgan xususiyatlarning birortasi bo‘lmasa, jarayon ekskursiya hisoblanmaydi. Ekskursiya xizmati xususiyatlarining mazmuni uning mohiyatini to‘g‘ri talqin etish imkonini beradi. Ko‘rsatiladigan ob’ektlarning kengligi, ko‘p rejali mavzu, ekskursiya xizmati uslubining puxtaligi, gidning mahorati ekskursiyada shaxsning shakllanishiga yordam beruvchi aniq funksiyani bajarishi imkonini beradi. Har bir madaniy - ma’rifiy ishlar shakli o‘zining farq qiluvchi xususiyatlariga ega. Ekskursiya xizmatining asosiy xususiyati – yuqori darajadagi ko‘rgazmaliligidir. Ta’kidlash joizki, yuqorida sanab o‘tilgan xususiyatlar har bir ekskursiya xizmati uchun zaruriydir. 2.3. Ekskursiya xizmatini tasniflash Tasniflash deb, predmetlar, hodisalar, tushunchalarni sinflar, bo‘limlar, umumiy xususiyatlaridan kelib chiqib guruhlarga ajratishdir. Ekskursiya xizmatini tasniflash masalasi har doim sohasi mutaxassislarining diqqat markazida bo‘lib, bu muammoni yechishda o‘tgan asrning 20 yillarining oxirida harakat qilishdi. Ekskursiyachi olim V.A.Gerd ekskursiya xizmati shakllarini tasniflashning o‘z variantida ekskursiyani guruhlar va guruhostilarga bo‘lishni va uni tayyorlashda gidga yo‘nalish olishga yordam beruvchi xususiyatlarini ajratishni tasniflashning asosiy maqsadi sifatida ta’kidlab o‘tgan. Ekskursiya xizmati ham mustaqil faoliyat (dam olish uylarida, klublarda, maktablarda) ham turistik xizmat majmuasining bir qismi bo‘lishi mumkin (turfirmalarda). Hozirda ekskursiya xizmati quyidagicha tasniflanadi:  mazmuniga ko‘ra;  qatnashuvchilar soni va tarkibiga ko‘ra;  o‘tkazish joyiga ko‘ra;  harakatlanish vositasiga ko‘ra;  davomiyligiga ko‘ra;  o‘tkazish shakliga ko‘ra. Mazmuniga ko‘ra ekskursiyalar ko‘p rejali va mavzuli bo‘ladi. Ko‘p rejali ekskursiyalarda tarixiy va zamonaviy ma’lumotlardan foydalaniladi. Bunday ekskursiyalar turli xil ob’ektlarni ko‘rsatish negizida tuziladi (tarixiy va madaniy

  • xalq amaliy san’ati (masalan, O‘zbekistondagi kulolchilar, zardo‘zlar va boshqa usta hunarmandlar faoliyati bilan tanishish);
  • madaniyat arboblari hayoti va faoliyati bilan tanishtiruvchi joylar;
  • kartinalar galereyasi, ko‘rgazma zallari, muzeylar, rassomlar va haykaltaroshlar ustaxonalarida va sh.k. Adabiy mavzudagi ekskursiya xizmatlari odatda quyidagi guruhostilarga bo‘linadi:
  • adabiy biografik. Bunday ekskursiyalar shoir, yozuvchi, dramaturglar yashab ijod etgan joylarda o‘tkaziladi (masalan, «Sadriddin Ayniy muzey uyi», «Andijon - Bobur yurti» va sh.k.).
  • adabiy – tarixiy , o‘zbek adabiyotining rivojlanishining ma’lum davrini ochib beradi (masalan, «XX – asrda Buxoro adabiyoti», «Adabiy Toshkent» va sh.k.). Me’moriy – shaharsozlik mavzusidagi ekskursiya xizmatlari quyidagi guruhostilarga bo‘linadi:
  • mazkur shaharning me’moriy qurilishini ko‘rsatuvchi ekskursiya;
  • ma’lum tarixiy davrning me’moriy yodgorliklarini ko‘rsatuvchi ekskursiya;
  • bitta me’mor ijodiyoti haqida ma’lumot beruvchi ekskursiya;
  • zamonaviy me’moriy namunalarni ko‘rsatuvchi ekskursiya. Shuni ta’kidlash joizki, u yoki bu mavzuli ekskursiya xizmati bir – biridan kamdan-kam alohida mavjud bo‘ladi. Masalan, tarixiy ma’lumotni me’moriy- shaharsozlik mavzusidagi ekskursiya xizmatida ham foydalanish mumkin. Tabiatshunoslik ekskursiyalarining elementlarini qariyib barcha ekskursiyalarda uchratish mumkin bo‘lib, ekskursiyani o‘tkazish sharoiti, shahar yoki hududning resurslariga bog‘liqdir. Qatnashuvchilar tarkibiga ko‘ra ekskursiyalar quyidagilarga bo‘linadi:
  • kattalar va bolalar uchun;
  • mahalliy aholi va turistlar uchun;
  • shaharliklar va qishloq aholisi uchun;
  • guruhli va individual bo‘lishi mumkin. Har bir guruh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ekskursiya ma’lumotlari, uslubi va texnikasi, davomiyligiga o‘zgartirishlar kiritiladi. O‘tkazish joyiga ko‘ra : shaharda, shahar tashqarisida, ishlab chiqarish korxonalarida, muzeyda, majmuali bo‘lishi mumkin. Harakatlanish vositasiga ko‘ra : piyoda yoki turli harakatlanish vositasida bo‘lishi mumkin. Piyoda ekskursiya xizmatlarining afzallik tomoni shundaki, unda harakatlanishning zaruriy tezligini ta’minlab, ob’ektlarni ko‘rsatish va hikoya qilishda qulay sharoit yaratish mumkin. Transportli ekskursiya xizmati (asosan avtobusli) ikki qismdan iborat bo‘ladi: to‘xtash joyida ekskursiya ob’ektlarining tahlili(asosiy ob’ektlar) va ob’ektlar oralig‘ida tarixiy joylar va yodgorliklar tavsifi bilan bog‘liq hikoyalardan iborat. Ba’zida ekskursiya xizmati amaliyotida suv va havo transportidan ham foydalanishadi. Ekskursiya xizmati davomiyligi bir akademik soatdan(45 daqiqa) bir sutkagacha bo‘ladi. Qisqa muddatli turlarni(1 kundan 3-4 kungacha) dam olish

kunlari marshruti ham deyishadi va uning tarkibida bir necha ekskursiya xizmatlari nazarda tutilishi mumkin. O‘tkazilish shakliga ko‘ra ekskursiya xizmatlari quyidagicha bo‘lishi mumkin:

  • ommaviy ekskursiya. Bunday ekskursiya xizmatlari qatnashuvchilari odatda 10-15 ta avtobuslarda (har bir avtobusda alohida gid) bitta marshrut bo‘ylab bir vaqtda harakatlanadilar. Bunday ekskursiyalar ommaviy teatrlashtirilgan tomoshalar, folklor bayramlarni o‘z ichiga olishi mumkin;
  • ekskursiya- sayr. Bunday ekskursiya xizmati odatda o‘rmonda, daryo va dengiz bo‘ylab o‘tkaziladi, o‘rganish va dam olish elementlarini o‘zida mujassamlaydi;
  • ekskursiya-konsert. Bunday ekskursiya xizmati musiqali mavzuga bag‘ishlanib, avtobus salonlarida musiqali asarlar ham eshitiladi;
  • ekskursiya-spektakl. Bunday ekskursiya xizmati adabiy-badiiy ekskursiya xizmatini o‘tkazishning shakli bo‘lib, badiiy adabiyotning aniq bir asari bo‘yicha tayyorlanadi va sh.k. To‘g‘ri tasniflangan ekskursiya xizmati gidning ekskursantlar bilan ishlashini yengillashtiradi, uslubiy to‘garaklar faoliyati uchun asos hisoblanadi. Tayanch so‘z va iboralar: «funksiya» tushunchasi, ekskursiya xizmati funksiyalari: ilmiy-targ‘ibot funksiyasi, axborot funksiyasi, madaniy hordiqni tashkil etish funksiyasi, madaniy – texnik dunyoqarashni kengaytirish funksiyasi, qiziqishlarni shakllantirish funksiyasi, «xususiyat» tushunchasi, ekskursiya xizmatining xususiyatlari, «tasniflash» tushunchasi, ekskursiya xizmatini tasniflash.

Mustaqil ishlash uchun savollar:

  1. Ekskursiya xizmatining funksiyalarini izohlang.
  2. Ekskursiya xizmatining xususiyatlarini tushuntiring.
  3. Adabiy mavzudagi ekskursiya xizmatiga misollar keltiring.
  4. Me’moriy-shaharsozlik mavzusidagi ekskursiya xizmatiga misollar keltiring.