Docsity
Docsity

Przygotuj się do egzaminów
Przygotuj się do egzaminów

Studiuj dzięki licznym zasobom udostępnionym na Docsity


Otrzymaj punkty, aby pobrać
Otrzymaj punkty, aby pobrać

Zdobywaj punkty, pomagając innym studentom lub wykup je w ramach planu Premium


Informacje i wskazówki
Informacje i wskazówki


hammasi kop hammasi kop, Streszczenia z Astrofizyka i kosmologia

hammasi kop hammasi kop hammasi kop

Typologia: Streszczenia

2025/2026

Załadowany 24.06.2026

botirjon-ozodov
botirjon-ozodov 🇵🇱

1 dokument

1 / 68

Toggle sidebar

Ta strona nie jest widoczna w podglądzie

Nie przegap ważnych części!

bg1
1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI ALOQA, AXBOROTLASHTIRISH VA
TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI DAVLAT QO’MITASI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Himoyaga
RQT kafedra mudiri
_________________
D.A.Davronbekov
2013-yil. «____» ____
CDMA standartida ma’lumot uzatish tezligini oshirish usullari
mavzusida
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
Bitiruvchi : ___________ Ahmedov . N . V
(imzo)
Maslahatchi: ___________ Sultonova . M . O
(im zo)
Taqrizchi: ___________ ________________________
(imzo) (familiyasi)
Toshkent.
pf3
pf4
pf5
pf8
pf9
pfa
pfd
pfe
pff
pf12
pf13
pf14
pf15
pf16
pf17
pf18
pf19
pf1a
pf1b
pf1c
pf1d
pf1e
pf1f
pf20
pf21
pf22
pf23
pf24
pf25
pf26
pf27
pf28
pf29
pf2a
pf2b
pf2c
pf2d
pf2e
pf2f
pf30
pf31
pf32
pf33
pf34
pf35
pf36
pf37
pf38
pf39
pf3a
pf3b
pf3c
pf3d
pf3e
pf3f
pf40
pf41
pf42
pf43
pf44

Podgląd częściowego tekstu

Pobierz hammasi kop hammasi kop i więcej Streszczenia w PDF z Astrofizyka i kosmologia tylko na Docsity!

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI ALOQA, AXBOROTLASHTIRISH VA

TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI DAVLAT QO’MITASI

TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

Himoyaga RQT kafedra mudiri

D.A.Davronbekov 2013 - yil. «____» ____

CDMA standartida ma’lumot uzatish tezligini oshirish usullari

mavzusida

BITIRUV MALAKAVIY ISHI

Bitiruvchi : ___________ Ahmedov. N. V (imzo) Maslahatchi: ___________ Sultonova. M. O (imzo) Taqrizchi: ___________ ________________________ (imzo) (familiyasi)

Toshkent.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI ALOQA,AXBOROTLASHTIRISH VA

TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI DAVLAT QO’MITASI

TOSHKENT AHBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

RRT fakulteti Radioaloqa qurilmalari va tizimlari kafedrasi Yo’nalish (mutahassislik) : 5524400 - Mobil aloqa tizimlari.

T A S D I Q L A Y M A N

Kafedra mudiri: D.A.Davronbekov 2013 - yil ______ _________________ Malakaviy bitiruv ishiga

T O P SH I R I Q

Ahmedov Nuriddin Vasihitdinovich.

1.Ish mavzusi : CDMA standartida ma’lumot uzatish tezligini oshirish

usullari.

  1. 2013 - yil «_____» _________ dagi _______________ sonli buyruq bilan tasdiqlangan. 3 .Ishni himoyaga topshirish muddati 25.05.2013 yil.
  2. Ishga oid dastlabki ma’lumotlar: Rahbar topshirig’i,ilmiy texnik adabiyotlar.
  3. Hisoblash tushuntirish yozuvlarining mazmuni (ishlab chiqiladigan masalalar ro’yhati): Kirish. 1.CDMA standarti xususiyatlari. 2.CDMA standartining rivojlanish bosqichlari. 3.CDMA standartining O’zbekistonda qo’llanilishi. 4. Hayot faoliyati xavfsizligi. Xulosa.
  4. Grafik materiallar ro’yhati: Demonstratsion slaydlar
  5. Topshiriq berilgan sana: 25.01.2013 yil Rahbar ________________________ (imzo) Topshiriq oldim ______________ (imzo)

ANNOTATSIYA

Ushbu bitiruv malakaviy ishida CDMA standartida ma’lumot uzatish tezligini oshirish usullari tahlili keltirilgan CDMA standartining xususiyatlari, CDMA standartining rivojlanish bosqichlari hamda CDMA standartining O’zbekistonda qo’llanilishi ko’rsatib o’tilgan. Shuningdek, Hayot faoliyati xavfsizligi masalalari ko’rib chiqilgan.

MUNDARIJA

Kirish. ……………………………… 1.CDMA standarti xususiyatlari……………………………… 1.1. CDMA standartida kanallarni tashkil etish…………………………… 1.2.CDMA standartining afzalliklari. ……………………………… 2.CDMA standartining rivojlanish bosqichlari. …………………………… 2.1.CDMA IS-95 (cdmaOne) standarti harakteristikalari. ………………… 2.2.CDMA 2000 standarti harakteristikalari. …………………………… 2.3.CDMA 2000 1x-EV-DO- harakteristikalari. …………………………… 3.CDMA standartining O’zbekistonda qo’llanilishi. ……………………… 3.1.Perfectum mobile kompaniyasi haqida. ……………………………… 3.2. ."O’zbektelekom" AK "UzMobayl" filiali haqida. ……………………

  1. Hayot faoliyati xavfsizligi. ……………………………… Xulosa. ……………………………… Adabiyotlar ro’yhati. ………………………………

Kanallarni kodli taqsimlashga asoslangan radioaloqa xizmati yangi texnologiyasi paydo bo’lishi XX asr oxirida mobil aloqa tarmoqlari rivojlanishiga turtki bo’ldi. IS- 95 standartidan so’ng yangi CDMA 2000 standarti ishlab chiqildi. CDMA 2000 ko’rinishidagi yangi texnologiyalardan tashkil topgan tarmoqni qurish ishlari keng miqyosda qurila boshlandi. CDMA 2000 standartining bir qancha imkoniyatlari va boshqa standartlardan afzalliklari ko’p edi. CDMA 2000 standarti asosida yangi CDMA 2000 1x Ev-DO standarti ishlab chiqilgandan so’ng aloqa sohasida yangi.sifatli aloqa bilan va yuqori tezlikdagi ma’lumotlarni uzatish imkoniyatlariga ega bo’lgan, aholini keng miqyosda aloqa bilan ta’minlay olish imkoniyatlari yuzaga keldi. GSM standarti bilan solishtirganda CDMA standartining bir qancha afzalliklari va qulayliklari mavjud. O’zbekistonda ham dunyo miqyosida keng ishlatiladigan CDMA standartidan foydalanish keng miqyosda yo’lga qo’yilgan. O’zbekistonda hozirgi kunda “Perfectum Mobile” savdo belgisi ostida CDMA standartidagi 800 MGs chastota diapazonida ishlovchi kompaniya hamda O’zbekiston Respublikasining telekommunikatsiya tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish dasturiga muvofiq, " O’zbektelekom " aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan CDMA- 450 standartidagi simsiz radioaloqa xizmat o’zlashtirish maqsadida "O’zbektelekom Mobayl " filiali tashkil etildi. Bu kompaniyalarning asosiy vazifalaridan biri, O’zbekiston Respublikasida umummilliy simsiz radioaloqa tarmog’ini rivojlantirishdir. Bu kompaniyalar O’zbekiston hududining deyarli barcha joylarida aholini aloqa bilan ta’minlashni yo’lga qo’ydi. Vaqt o’tishi bilan boshqa sohalar singari aloqa sohasida ham turli o’zgarishlar, yangiliklar paydo bo’lishi barobarida unga bo’lgan ehtiyoj ham ortib bormoqda. Aholini yuqori tezlikli tarmoq bilan ta’minlab berish, sifatli aloqa hamda yangi qo’shimcha xizmatlarni abonentlarga taqdim etish, orqali mamlakatimizning telekommunikatsiya sohasida rivojlangan davlatlar qatorida bo’lishligini ta’minlash eng asosiy vazifa hisoblanadi.

1.CDMA STANDARTI XUSUSIYATLARI CDMA ( ingl. Code Division Multiple Access – kodli ajratishli ko’p tomonlama ulanish ) – bu uzatish kanallari umumiy chastotalar polosasiga, lekin turli kodli modulyatsiyaga ega bo’lgan radio aloqa hisoblanadi. Radiotizimlar uchun ikkita asosiy chastota va vaqt resurslari mavjud. Qabullagichlar va uzatkichlarni chastotalar bo’yicha juftlarga bo’linganida, har juftda butun ulanish vaqtida spektrning qismi ajralsa, bu FDMA ( Frequency Division Multiple Access ) deyiladi.Vaqt bo’yicha bo’lganida har bir qabullagich uzatgich jufligida ajratilgan vaqt bo’lagida butun spektr ( yoki uning katta qismi ) ajratilsa, bu TDMA ( Time Division Multiple Access ) deyiladi. CDMA da har bir tugun uchun butun chastotalar spektri va butun vaqt ajratiladi. CDMA bog’lanishlarini identifikatsiyalash uchun maxsus kodlardan foydalanadi. Bunday muhitni bo’lish usulida trafik kanallari yagona keng chastotali diapazonda boshqa o’xshash uzatkichlar uchun umumiy kanalda uzatiladigan shovqinga o’xshash signal bo’lgan keng polosali kodli-modulyatsiyalangan radiosignalni qo’llash orqali yaratiladi. Bir necha uzatkichlarning ishlash natijasida bu chastota diapazonida efir yagona shovqinga o’xshash bo’lib qoladi. Har bir uzatkich bu vaqtda har bir foydalanuvchiga tayinlangan alohida sonli kodni qo’llanishli signalni modulatsiyalaydi, bunga o’xshash ( analog ) kodga sozlangan umumiy radiosignallardan bu qabullagichga mo’ljallangan signal qismini ajratib oladi. Yaqqol ko’rinishda kanallarni chastotali va vaqtli ajratish yo’q, har bir abonent butun chastota diapazoniga signallarni uzatish va butun chastota diapazonidan signalni qabul qilish bilan har doim butun kanal kengligidan foydalanadi. Bunda keng polosali qabul qilish va uzatish kanallari turli chastotalar diapazonlarida bo’ladi va bir birlariga halaqit qilmaydi. Bitta kanalning chastotalar polosasi juda katta, abonentlar uzatishlari ustma-ust tushadi, lekin ularning signalni modulyatsiyalash kodlari farqlanishi sababli ular qabullagich apparatli dasturiy vositalar bilan differensiallanishi mumkin.

qobiliyati va tizimning sig’imini olishga imkon beradi. Bu CDMA texnik o’ziga xos xususiyati usulining yuqori xarakteristikalarini ta’minlaydi. Boshqa tomondan ularning ishlatilishi yetarlicha murakkab. Usulda chastotaviy rejalashtirish yo’q, barcha yacheykalarda bir chastotalar polosasidan foydalaniladi. Agar Qualcomm ishlanmalari atamalarida CDMA ga 1,23 MGs minimal zarur bo’lgan polosadan kengroq polosa ajratilgan bo’lsa, u holda 1,23 MGs nimtizimlardan har biri barcha nimtizimlar bir turli ishlanishni tashkil etishli barcha yacheykalardan foydalaniladi. Bunda chastotalardan takroriy foydalanish samaradorlik koeffitsenti sifatida 2/3 tartibdagi qismi ko’rsatiladi, ya’ni bir izolyatsiyalangan yacheykaga qaraganda boshqa yacheykalardan xalaqitlar tufayli xar bir yacheykada foydalaniladigan kanallar soni 1,5 marttaga kamayadi ( bu koeffitsientlar FDMA va TDMA usullaridagi mos 1/7 va 7/ 7 - yacheykali klasterlarga o’xshash). CDMA usulida ,, xizmat ko’rsatishni yumshoq uzatish “ ishlatiladi. HS yacheyka chegarasiga yaqinlashganida, ya’ni ikki BS lardan signallar ( ishchi yacheyka va aralashlardan biri ) sath bo’yicha teng bo’lib qoladi, MK dan aralash BS orqali komanda bo’yicha HS bilan ikkinchi aloqa kanali tashkil etiladi. Bunda birinchi kanal ( ,,eski” yacheykadagi ) ishlashni davom ettiradi, ya’ni HS RAKE- qabullagich texnik imkoniyatidan foydalanib ikki baza stansiyalardan bir vaqtda signallarni qabul qiladi. Bu HS yacheyka chegarasidan chiqib ketguncha, ya’ni ikkinchi BS dan signal birinchisiga qaraganda sezilarli kuchli bo’lmaguncha davom etadi. Bundan keyin birinchi BS orqali aloqa kanali yopiladi va xizmat ko’rsatish jarayoni yakunlanadi. CDMA usuli BS tizimining aniq sinxronlashtirilishini talab qiladi. Bu masalan, sun’iy yo’ldoshli GPS tizimi orqali ishlatilishi mumkin. CDMA usulida TDMA usulidagi kabi himoya intervallari ( blankalari ) yo’q, kodli ketma-ketliklardagi ko’p sonli belgilar uzatiladigan konfidensial axborotlarning saqlanishini osonlashtiradi. CDMA ning yuqori samaradorligi va keng chastotalar polosasida energiyaning taqsimlanishi bir chastotalar polosasi chegaralarida o’zaro

halaqitlarning nisbatan uncha katta bo’lmagan sathlarida CDMA bilan bir necha sonli qisqa polosali aloqa kanallarini ishlashiga ruxsat etadi. CDMA usuli nisbatan yuqori halaqitbardoshlikka ega va ko’p nurli tarqalish sharoitlarida yaxshi ishlaydi. Bundan tashqari u yuqori maxfiyligi bilan ajralib turadi, chastotaviy rejalashtirishdan foydalanmaydi, ,,xizmat ko’rsatishni yumshoq uzatilishiga “ ruxsat etadi, lekin bularning barchasi yetarlicha murakkab texnik yechimlarni majburan foydalanilishini talab qiladi;

  • signallar sathlarini batartib rostlash;
  • sektorli antenalar va ,, nutq faolligini ” qayta ishlanishining qo’llanilishi;
  • BSni aniq sinxronlashtirish binobarin, bu tizimning avtonomligini yo’qotishga bog’liq. Agar FDMA dan TDMA ga o’tish fizik kanallar soni uch martaga yarim tezlikli kodlashda esa olti martaga oshishi hisobga olinsa u holda TDMA dan CDMA ga o’tish kanallar sonini taxminan uch martaga oshirishni taminlaydi. Lekin, hisoblashlarda qabul qilingan CDMA ga xalaqitlarning kuchliroq ta’siri bo’lishi mumkin, shuningdek bir necha hollarda BS larning zichroq joylashishi zaruriyati yuzaga kelishi mumkin. Bu omillar tizim sig’imining kamayishiga olib keladi. Bu maqsadga kanallarni adaptiv taqsimlashda foydalanish, shu jumladan ierarxik tuzilmadagi sotali tarmoqlarda olib keladi. Bunday sotali tarmoqlarni qurishga nisbatan TDMA CDMA ga qaraganda afzalliklarga ega. Natijada CDMA va TDMA usullari ular ta’minlaydigan sig’im bo’yicha deyarli bir xil bo’lib qoladi. CDMA tizimi 800 MGs diapazonda ishlashini misol qilib ko’rsatib o’tsak: Tizim Uolsh funksiyalari qonuni bo’yicha shakllantirilgan 64 ta turdagi ketma-ketliklar asosida chastotalar spektrini bevosita kengaytirish usuli bo’yicha qurilgan. Anolog nutq signalini raqamli signalga o’zgartirish uchun 8000 bit/s ( 9600 bit/s kanalda ) o’zgartirish tezligi CELP algoritmi ishlatiladi. 4800, 2400 va 1200 kbit/s tezliklarda ish rejimlari bo’lishi mumkin. CDMA tizimi kanallarida 1/2 tezlikli svertkali kodlash ( teskari kanalda ) , yumshoq rejimli Viterbi dekoderi, uzatiladigan xabarlar o’rnini almashtirish qo’llaniladi. Aloqa kanalining umumiy chastotalar polosasi 1,25 MGs ni tashkil

komutatorlar, boshqarish va xizmat ko’rsatish markazi, turli qo’shimcha qurilmalar va tizimlarni o’z ichiga oladi, tizimning elementlarini funksional moslashtirish qator interfeyslar yordamida amalga oshiriladi. CDMA standarti sotali tarmoqlari va tizimlaring konfiguratsiyasi 1.1 - rasmda keltirilgan. MS – harakatdagi stansiya BTS – bazaviy stansiya SU – kadrni tanlash qurilmasi MSC – komutatsiyalash markazi BSC – bazaviy stansiya kontrolleri OMC – boshqarish va xizmat ko’rsatish markazi DB – ma’lumotlar bazasi PSTN – umumiy foydalanishdagi telefon tarmog’i ISDN - xizmat integratsiyali raqamli tarmoq PDN – paketli komutatsiya tarmog’i 1.1 – rasm. CDMA standarti sotali tarmoqlaring konfiguratsiyasi 1 .2.CDMA standartida kanallarni tashkil etish CDMA stadartida ( IS-95, IS-96 ) BS da barcha signallarni ulanish kanallari to’g’ri kanallar ( Forward ) MS dan esa teskari kanallar ( Reverse ) deyiladi. Aynan

bu belgi standartni ishlab chiqaruvchilar tomonidan kanallar tuzilmasi asosiga qo’yiladi ( 1.2-rasm ). CDMA bazasidagi tizimlarda muhim rolni har bir BS ning uzatish rejimida uzluksiz nurlantiradigan va uning xizmat ko’rsatish sohasidagi barcha MS lar bir vaqtda qabul qiladigan pilot-signalni ( Pilot Channel ) uzatish kanali o’ynaydi. BS dagi MS ga chaquruvlarni uzatish PCH chaqiruv kanali bo’yicha, ko’p stansiyali ulanish esa ACH bo’yicha amalga oshiriladi. Boshlang’ich sinxronlashtirishni o’rnatish uchun SYNC sinxrokanal ishlatiladi. CDMA da turli aloqa xizmatlarini taqdim etish uchun ikki turdagi kanalardan foydalaniladi. Ulardan birinchisi asosiy ( FCH ), ikkinchisi esa qo’shimcha ( SCH ) deyiladi. Bu to’rt kanallar orqali taqdim etiladigan xizmatlar aloqani taklif etilishi sxemasiga bog’liq. Kanallar ma’lum xizmat ko’rsatish turiga moslashtirilishi va turli kadrlar o’lchamlarini ikkita tezlik qatorlarining istalgan qiymatlari RS-1 ( 1500, 2700, 4500 va 9600 bit/s ) yoki RS-2 ( 1800, 3600, 7200 va 14400 bit/s ) bilan ishlashi mumkin. Qabul qilish tezligini aniqlash va tanlash avtomatik amalga oshiriladi. PICH- pilot signal kanali; SYNC- sinxrosignal kanali; PCH- chaqiruv kanali; ACH- ulanish klanali;

  • chaqiruv PCH;
  • ixtiyoriy ulanish ( RACH, R dan ACH ). BS va HS orasidagi ikki tomonlama aloqa ikki kanallar bo’yicha amalga oshiriladi. CKK da ma’lumotlar ajratilgan trafik kanali ( DTCH ) bo’ycha, paketli axborotlar esa abonentlar paketlarini uzatish kanallari ( UPCH ) bo’yicha uzatiladi. Mantiqiy kanallar kabi, fizik kanallarni yuqori darajadagilari bilan bog’laydigan transport kanallari ikki guruhga bo’linadi. Birinchisi ishchi polosada MS ni identifikatsiya qilinishini talab qilmaydigan umumiy CCH, ikkinchisi esa MS fizik kanalga bog’langan, ya’ni ma’lum kodli chastotali ajratilgan PCH kanali. Ulardan birinchisi abonentlar guruhlariga ruxsat etiladi, aloqa BS va bir necha MS lar orasida tashkil etiladi, ajratilgan kanal bo’yicha esa ma’lumotlar yoki signalizatsiya uzatiladi. W-CDMA va UTRA loyihalari orasidagi farqlardan biri ajratilgan kanallarning turli sonlari hisoblanadi. W-CDMA da bir turdagi DTCH, UTRA da esa uchta DTCH, avtonom ( SDCCH ) va aralash ( ACCH ) ishlatiladi. DTCH uzatish tezligini tezkor o’zgartirish ( har bir 10 ms da ) ko’zda tutilgan. ACCH ma’lumotlar oqimidan boshqarish axborotlarini birgalikda uzatish uchun mo’ljallangan. Fizik kanallar axborotlarni sifat ko’rsatkichlari va uzatish rejimlarini aniqlaydi. Ularning bosh xarakteristikalari kod, chastota va fazaviy surilish hisoblanadi. Ular ham umumiy ( CPCH ) va ajratilgan ( DPCH ) kanallarga bo’linadi. Umumiy boshqarish ( CCPCH ) kanali bo’yicha chaqiruv boshqarish axborotlar uzatiladi. Pilot-signal simvollarini uzatish uchun alohida sinxronlashtirish kanalidan ( SCH ) foydalaniladi. Aniq foydalanuvchi bilan aloqani tashkil etish uchun ham abonent axborotlari, ham boshqarish signallari, antenna yo’naltirilganlik diagrammasini boshqarish yordamchi pilot- simvollari, shuningdek, quvvatni boshqarish bitlari va boshqa xizmat ma’lumotlari uzatiladigan maxsus kanal ajratilgan. Kodli ajratishli texnologiyaning ulkanligi shundaki, har bir mantiqiy kanal o’ziga xarakterli bo’lgan uzatish tezligini va kodli fizik kanalga ,,individual” akslanadi.

Tarmoq darajasida kanallar soni kanalli darajadagidan sezilarli ko’p bo’lganligi sababli, bir transport kanalida bir necha kichik tezlikli mantiqiy kanallar birlashtiriladi ( 1.2-rasm ). Transport darajadan fizik darajaga o’tishda ham kanallarni birlashtirish mumkin, bunda PCH chaqiruv kanalini va FACH ulanish kanalini umumiy ,,pasga” fizik kanaliga, RACH ulanish kanalini esa ,,yuqoriga” fizik kanaliga aks ettirish qabul qilingan. Axborotlarni bir kanaldan boshqasiga uzatishda ma’lumotlar oqimi kanalli intervallar darajasida kodlar va signalizatsiya ma’lumotlariga o’zgartiriladi. Masalan, chaqiruv kanali bir superkadrdagi bir necha guruhlarga bo’linadi va chaqiruv axboroti har bir guruhga uzatiladi. CDMA standartida nutqni kodlash. CDMA sotali aloqa standartida keng polosali signallardan foydalanishga asoslangan kanallarni kodli ajratishli ko’p stansiyali ulanish usuli qo’llaniladi. Har bir chaqiruvga o’sha bir chastota diapazonida uzatiladigan chaqiruvlarni boshqalaridan ajratishga imkon beradigan alohida kod tayinlanadi. Bu standartda GSM standartiga qaraganda yuqori nutq sifati ta’minlanadi. Bu ko’p jihatdan nutqning kodlanishini qo’llanilishi orqali aniqlanadi. CDMA tizimida analog nutq signalni raqamli signalga o’zgartirishi uchun asosiga CELP LP kodli algoritm qo’yilgan o’zgaruvchan kodlash tezlikli vokoder ishlatiladi. Bu algoritim inson nutqining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga oladi. Vokoder 64 kbit/s tezlikli raqamli oqimni 8 yoki 13 kbit/s tezlikli oqimga qayta kodlaydi. Bu o’zgartirish jarayonida axborot oqimi kadrlarga bo’linadi va pauzalardan iborat intervallar yo’qotiladi. Natijaviy oqim 1 dan 8 kbit/s gacha tezlikka ega bo’ladi. Qabul qiluvchi tomonidan vokoder kadrlarni yagona oqimga birlashtradi va teskari o’zgartrishni amalga oshiradi. O’zgaruvchan kodlash tezlikli vokoderning boshqa o’ziga xos xususiyati talab qilinadigan ma’lumotlarni kodlash tezligini aniqlash uchun adaptiv bo’sag’adan foydalanish hisoblanadi. Vokoder nutq kanaliga ikkilamchi trafikni, ya’ni xizmat axborotini qo’shishga imkon beradi. Nutqni kodlash sifatini baholash. Kodlash sifatini va turli koderlarni qo’yilishini baholashda nutqning aniqligi va uning sintezining sifati baholanadi.

bunda vokoder 8,55 kbit/s li oqimga qo’shimcha tuzatuvchi ikkilik simvollarni qo’shish bilan erishiladi.Qabul qilish tomonida xatoliklarni to’g’ridan-to’g’ri tuzatishni ( xabarni takroran uzatishsiz ) ishlatish uchun ortiqcha kodli kodlash ishlatiladi. Buning uchun bazaviy raqamli oqim 20 ms davomiylikdagi paketlarga bo’linadi va yarim tezlikli svertkali koderga beriladi. Uning chiqishidagi bitlar soni ikkiga ko’payadi. Keyin ma’lumotlar 20 ms vaqt intervalida o’rin almashtiriladi. O’rin almashtirishdan keyin raqamli oqim uzun kod va ,,inkor qiluvchi Yoki” ( ikki modul bo’yicha qo’shish ) mantiqiy operatsiyasi yordamida o’zgartiriladi. Uzun kodlar ( maksimal uzunlikdagi kodlar ) surish registri yoki berilgan uzunlikdagi kechiktirish elimenti yordamida olinadigan kodlar hisoblanadi. Surish registri asosida yig’ilgan generator yordamida olinishi mumkin bo’lgan ikkilik ketma-ketlikning maksimal uzunligi ikkilik simvollariga teng bo’ladi, bu yerda n-surish registri razryadlari soni.

  1. 3 - rasm. CDMA standarti to’g’ri kanalda kodlash. CDMA standarti apparaturasida uzun kod 42 - razryadli surish registri generatsiyalanadigan psevdo tasodifiy ikkilik ketma-ketlikni va har bir abonent uchun individual aniqlanadigan ikkilik 32 bitli niqob bilan bir necha ketma-ket mantiqiy operatsiyalar natijasida shakllantiriladi. Bunday surish registri bu standartning barcha BS larida butun tarmoqni sinxronlashtirish rejimini ta’minlash

uchun qo’llaniladi. Axborot oqimi 19,2 kbit/s tezlikka ega bo’lganligi sababli to’g’ri kanalda faqat uzun kodning har 64-simvoli ishlatiladi. Xabarni navbatdagi o’zgartirish bosqichi Uolsh kodlari yordamida kodlash hisoblanadi. Uolsh matrisasining bir qatoriga BS va abonent orasidagi aloqa kanali mosligi qo’yiladi. Agar koderning chiqishida ,,0” bo’lsa, u xolda mos matrisa qatori ( Uolsh kodi ) yuboriladi, agar ,,1” bo’lsa, mos matrisa qatorining mantiqiy ayirmasi yo’li bilan shakllantirilgan ketma-ketligi yuboriladi. Bu axborotlar oqimining tezligini 19,2 kbit/s dan 1,2286 mbit/s gacha oshiradi. Mos ravishda signal spektri kengayadi. So’nggi bosqichda ikkilik oqimi kvadraturali fazaviy manipulyatsiyadan foydalanib (QPSK ) ikkilik oqimini keyingi uzatish uchun sinfaz va kvadraturali kanallarga ( I va Q kanallar ) bo’linadi. Aralashtirgichlarga raqamli oqimni berish uchun xar bir kanallarda u qisqa kod va ,, inkor qiluvchi Yoki ” operatsiyalar yordamida o’zgartiriladi. Qisqa kod 1,3288 Mbit/s tezlikda generatsiyalangan 32768 ikkilik simvollar uzunligidagi psevdo tasodifiy ikkilik ketma-ketliklardan iborat. Bu ketma-ketlik tarmoqdagi barcha BS lar va MU lar uchun umumiy hisoblanadi. Qisqa kod chiziqli teskari aloqali 15 razryadli surish registrida shakillantiriladi. Xar bir kanaldagi natijaviy ikkilik oqimi oxirgi impulsli xarakteristikali raqamli filtrdan o’tadi, bu nurlantiriladigan signalning polosasini cheklashga imkon beradi.Filtrning kesish chastotasi 615 kGs ni tashkil qiladi. Olingan analog signallar I/Q modulyatorning mos kirishlariga beriladi. Qator ahborot signallari I va Q kanallarni qo’shilishi orqali tashkil qilinadi. Binobarin,barcha foydalanuvchilar birlashtirilgan signalni oladi,u holda ahborotlarni ajratish uchun pilot kanal bo’yicha tayanch signalini uzatish zarur. Pilot kanalda Uolsh kodi nolli ahborot signali uzatiladi,bu kanal uchun u Uolsh matritsasi nolinchi qatoridan shakllantiriladi. Boshqacha aytganda,pilot kanalda faqat qisqa kod uzatiladi. Odatda,unda umumiy quvvatning 20 foizi nurlantiriladi. Tayanch signali keyingi fazaviy modulyatsiya uchun zarur bo’ladi. Qisqa kod har bir yacheykada o’sha bir Uolsh kodlari turkumini ko’p marta ishlatilishi imkoniyatini beradi.